IKKI IMON KALIMASI
Imoni mujmal – Mo‘minlikning qisqa ifodasi
Amantu billahi kama huva bi asmaihi va sifatihi va qobiltu jamiy’a ahkamihi va arkanihi.
Ma’nosi: Allohga, Uning ismi va sifatlariga imon keltirdim va U buyurgan barcha hukmlarini va farzlarini qabul qildim.
Imoni mufassal – Mo‘minlikning mufassal ifodasi
Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi val yavmil axiri val qodari xoyrihi va sharrihi minallohi ta’ala val ba’si ba’dal mavt.
Ma’nosi: Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga va o‘limdan keyin qayta tirilishga ishondim.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chirchiq shahrida kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga quvonch ulashishga qaratilgan saxovat tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov tadbirda ishtirok etib, bolajonlarga samimiy tilaklar bildirdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali ko‘magida 35 nafar bolaning har biriga velosiped va turli sovg‘alar berildi. Shuningdek, tadbirda saxovatpesha homiylar tomonidan bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar va bayramona dastur tashkil etildi.
Bunday xayrli tashabbuslar yurtimizda inson qadri, oila va bolalar manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Saxovat tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati