frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Minor masjidi

18.10.2019   3984   1 min.
Minor masjidi

 “Minor” masjidi o‘zining betakror me’moriy uslubi, mahobati bilan alohida ajralib turadi. O‘ziga hos ko‘rinishi va ko‘kka bo‘y cho‘zgan minoralari bilan allaqachon odamlar tiliga tushgan ushbu masjidning qurilish ishlari 2013-yil yoz oylarida boshlangan edi. 2014-yilning 1-oktyabrida Qurbon hayiti bayramida ochilgan. Anxor bo‘yida bunyod etilgan inshoot nafaqat yurtimizda balki dunyoda ham keng e’tirof etilgan. Masalan Fransiyaning Parij shahrida dunyodagi masjidlar arxitekturasi bo'yicha yirik loyiha – Abdullatif al-Favzan mukofoti hakamlari tomonidan ham masjidning o‘ziga hos uslubi, betakror bezaklari aloxida e’tirof etilgan. Masjid binosi an'anaviy sharq va o'zbek uslubida qurilgan bo'lib, ikki minorasi va keng gumbazga ega. Masjidning ichi esa naqshlar bilan bezatilgan. Keng va ulkan oynalar bino ichini yanada yorqin bo‘lishini ta’minlaydi. Uning poygumbazida ham oynalar mavjud. Gumbaz ichidagi ulkan naqshinkor bezaklar xar qanday tashrif buyuruvchining e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Masjid 2400 dan ortiq namozxonlar uchun mo'ljallangan. “Minor” masjidi Toshkentda va butun O'zbekiston bo'ylab eng yirik musulmon diniy markazlaridan biriga aylandi. Masjidga ko‘plab  sayyohlar tashrif buyuradi. Bugungi kunda Minor masjidi azim poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. 

 

 

Shahzod Shomansurov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bashakshehirda imomlar yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berishdi

10.09.2026   4428   1 min.
Bashakshehirda imomlar yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berishdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Istanbul shahrining Bashakshehir tumanida hamyurtlarimizning murojaatlarini tinglash va ularning masalalariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tashrifdan asosiy maqsad ushbu hududda yashab, faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizga zarur konsullik-huquqiy maslahatlar berish va ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Safar davomida diplomatlarga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakillari ham hamrohlik qildi. Ular yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berdi va turli taqiqlangan hamda aqidaviy jihatdan noto‘g‘ri yo‘nalishdagi tashkilotlarga aldanib qolmaslik uchun zarur maslahatlar berdi.

Hamyurtlarimizning Turkiya hududida qonuniy yashashiga oid masalalar, ularning huquqiy holati, hujjatlari hamda konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Bosh konsulxona vakillari zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga hujjatlarni rasmiylashtirish hamda vatanga qaytish bilan bog‘liq masalalarda amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari