Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyun, 2026   |   25 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:01
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyun, 2026, 25 Zulhijja, 1447

17.09.2019   2893   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bemorlar ko‘proq o‘qishi lozim bo‘lgan oyat va duolar

11.06.2026   2615   6 min.
Bemorlar ko‘proq o‘qishi lozim bo‘lgan oyat va duolar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

  

 Bemor iloji boricha Qur’oni karimni to‘la o‘qib, eshitib yurishi yoki imkoniyatiga qarab quyidagilarni doimo o‘qib yurishi kerak:

1. Fotiha surasini yetti marta o‘qish. Bu har qanday kasallikka shifo izlashda muhim qadamdir. Fotiha surasi Qur’ondagi eng ulug‘ suralardan bo‘lib, uning ichida son-sanoqsiz sirlar yashirindir.

Rasululloh sollallolohu alayhi vasallam bu sura haqida bunday deganlar: “Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, Alloh taolo bu kabisini Injilda ham, Zaburda ham, Furqonda ham nozil qilmagan".

Fotiha surasini yetti marta o‘qilishining sabablaridan biri Alloh taolo uni “yetti takrorlanuvchi” deb nomlaganligidir.


2. Oyatal kursiyni o‘qish.

Oyatal kursiy – Baqara surasining 255-oyati bo‘lib, Nabiy alayhissalom ta’kidlaganlaridek, Qur’ondagi eng buyuk oyatlardan biridir.

﴿اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ لَا تَأْخُذُهُ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ مَنْ ذَا الَّذِي يَشْفَعُ عِنْدَهُ إِلَّا بِإِذْنِهِ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يُحِيطُونَ بِشَيْءٍ مِنْ عِلْمِهِ إِلَّا بِمَا شَاءَ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَلَا يَئُودُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ﴾

"Alloh – Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha Barhayot va abadiy Turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. (Qiyomat kuni) Uning huzurida kim ham (gunohkorlarni) Uning ruxsatisiz shafoat qila olardi?! (U) ulardan (odamlardan) oldingi va keyingi narsalarni bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istaganmiqdoricha o‘zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerni (ham) o‘z ichiga sig‘dira olur. U ikkisini muhofaza etish Uni toliqtirmas. U Oliy va Buyukdir" (Baqara surasi, 255-oyat).

Mazkur oyat bemor shifo topishida muhim ahamiyatga ega. Alloh taolo bu oyatni o‘quvchi kishini yomonliklar, turli musibatlar va kasalliklardan saqlaydi.


3. Baqara surasi oxirgi ikki oyatini o‘qish.

﴿آَمَنَ الرَّسُولُ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِ مِنْ رَبِّهِ وَالْمُؤْمِنُونَ كُلٌّ آَمَنَ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْ رُسُلِهِ وَقَالُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ﴾

"Payg‘ambar (Muhammad) o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo‘minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. «Eshitdik va itoat etdik. Ey, Robbimiz, mag‘firatingni (so‘raymiz). Qaytishlik faqat Sening huzuringgadir», dedilar (Baqara surasi, 285-oyat).

 

﴿لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا لَهَا مَا كَسَبَتْ وَعَلَيْهَا مَا اكْتَسَبَتْ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا إِنْ نَسِينَا أَوْ أَخْطَأْنَا رَبَّنَا وَلَا تَحْمِلْ عَلَيْنَا إِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِنَا رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِ وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا أَنْتَ مَوْلَانَا فَانْصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ﴾

Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi. Uning kasb etgani (yaxshiligi) – o‘ziga va orttirgani (yomonligi) ham o‘zigadir. (Yana dedilarki:) «Ey, Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, bizni koyima! Ey, Robbimiz, bizdan ilgari o‘tganlarning zimmasiga ortgan mashaqqatni bizning zimmamizga ortma! Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama! Bizlarni afv et va kechir hamda bizlarga rahm qil! Sen bizning Xojamizsan. Bas, bizlarga kofirlar qavmi ustidan g‘oliblik ato et!» (Baqara surasi, 286-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki oyat fazilati haqida bunday deganlar:“Kimki, kechasi ushbu ikki oyatni o‘qisa, har qanday yomonlik, kasallik, xafalik va g‘amginlikka kifoya qiladi”.


4. Ixlos surasini o‘qish.                                       

Nabiy alayhissalom bu sura Qur’onning uchdan biriga teng ekanini aytganlar. Ushbu surada Alloh taoloning Vahdoniyat sifatlari zikr qilingan. Uni bemorga o‘n bir marta o‘qish tavsiya etiladi. Buncha adadda o‘qilishining sabablaridan biri oyati harflarining soni 11 ta ekanidir.


5. Muavvizatayn suralarini o‘qish.

Bu suralar Falaq va Nos suralaridir. Ushbu ikki sura haqida Nabiy alayhissalom: “Mo‘min bu ikkisidan ko‘ra afzali bilan panoh so‘ramaydi” deganlar.

Mo‘min kishi ushbu ikki surani o‘qib, duo qiladigan bo‘lsa, Alloh taolo uni turli kasalliklar, yomonliklardan panohida saqlaydi va dardiga shifo beradi.

Yuqorida aytib o‘tilgan oyat va suralarning barchasini har qanday kasallikka molaja tarzida o‘qish mumkin. Shu o‘rinda, yana qo‘shmcha tarzida ma’lum bir kasalliklarga shifo bo‘lishida umid qilib o‘qilishi tavsiya etiladigan ba’zi oyat va suralarni keltirib o‘tamiz.

Ruhiy toliqish, vahima va qo‘rquvga tushganda o‘qiladigan oyat:

Yuqoridagi suralarga qo‘shimcha, Ra’d surasi, 27-oyati o‘qiladi. Ertalab va kechqurun ushbu oyatni 7 martadan takrorlanadi.

﴿الَّذِينَ آَمَنُوا وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُمْ بِذِكْرِ اللَّهِ أَلَا بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ﴾

"Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur (va taskin topur)(Ra’d surasi, 28-oyat).

Shuningdek, Quraysh surasini ko‘p marta takrorlash kerak. 


"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li

  

Maqolalar