Muqaddas dinimiz bo‘lmish “Islom” dininig lug‘aviy ma’nosi “Tinchlik, Omonlik” degan mazmunda. Islom dini odamlarning tinchlik va omonlikda yashashlariga, boshqalarga hamda g‘ayri din vakili bo‘lsa ham zulm qilmaslikka buyurgan. Dinimiz ko‘rsatmalarida mehr–oqibat, rahm–shafqatga, insonparvarlik, birodarlik, o‘zgalarni hurmat qilish, yomonlik qilgan inson uchun ham yaxshilik qilishga, kechirimli bo‘lish kabi oliy xislatlarni qamrab olgan.
Bosqinchilik, ta’qib, qo‘poruvchilik terrorizmning har qanday shunga o‘xshash xususiyatlaridan biri bo‘lib, bularning hammasi insoniylik g‘oyalari, demokratiya, adolat unsurlariga qarshi hisoblanadi. Har qanday yovuzlikni amalga oshirilmasin, ochiqchasiga insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi qaratilgan buyuk jinoyatdir. Ularning barchasi muayyan bir guruhni mumkin bo‘lmagan holda ongli ravishda kuch ishlatadilar. Bunda terrorchilar aniq maqsadni amalga oshirishda ijtimoiy – siyosiy muxit bilan bevosita aloqada bo‘lishadi.
Terrorizm tushunchasi har vaqt terroristik harakatlarning tez sur’atda amalga oshirilishini bildiradi. Eng xavflisi shundaki, yadroviy, biologak, bakteriologik qurollarning terrorchilar qo‘liga tushib qolish ehtimoli eng katta havfdir. Hozirgi zamondagi insonlar boshiga mislsiz kulfat solayotgan, ularning hayoti hazon bo‘lishiga, qanchadan – qancha farzandlarning yetim qolishiga sabab bo‘layotgan turrorizm ko‘plab davlatlarni tashvishga solmoqda. Bu esa jahon hamjamiyati oldida katta xatar keltirmoqda. Bolalarga mo‘ljallangan safsata bemani buzg‘unchi o‘yinlar, huddiki terrorizimning kichik ko‘rinishiga o‘xshaydi. Bugungi kunda ham mustaqil rivojlanish yo‘lidan olg‘a qadam bosayotgan yurtimizga nisbatan g‘araz va buzuq niyatli kishilar, yovuz kuchlar terrorizim yo‘li bilan gullab yashnayotgan yurtimizni hamda o‘sib kelayotgan sof tabiatli yoshlarimizni chalg‘itishga urinmoqda, bizni yana qaramlikka solishga urinmoqda.
Bunday kuchlarga, jaholatga qarshi ma’rifat bilan, milliy g‘oya bilan kurashmog‘imiz juda ham muhimdir.
A.SOLIJONOV,
Chust tumanidagi “Kattabog‘” jome
masjidi imom-noibi
Kech uxlash sog‘liqqa bir qancha xavf tug‘diradi.
Jigar va boshqa a’zolar o‘zini tiklay olmaydi. Inson organizmidagi barcha a’zolar tunda, ayniqsa, soat 22:00–02:00 oralig‘ida faol tiklanish jarayoniga kirishadi. Xususan, jigar soat 23:00 dan keyin tanani faol tozalash (detoksikatsiya) vazifasini bajaradi. Agar inson u paytda uxlamagan bo‘lsa, vazifa to‘liq bajarilmaydi. Bu esa charchoq, bezovtalik, tushkunlikka olib keladi.
Gormonlar muvozanati buziladi. Uyqu vaqtida, ayniqsa, soat 22:00–01:00 orasida o‘sish gormoni (melatonin va somatotropin) ishlab chiqariladi. Bu gormonlar immunitetni ko‘tarish, teri va hujayralarni tik lash, stressni kamaytirishga xizmat qiladi. Agar uxlash kechiksa, bu gormonlar kama yib boradi.
Aqliy faoliyat susayadi. E’tiborni jamlash, eslab qolish qobiliyatining pasayishi aynan o‘z vaqtida uxlamaslik bilan bog‘liq. Oqibatda ish unumdorligi yomonlashib, sifatli o‘qishga ham salbiy ta’sir qiladi.
Ruhiy muvozanat buziladi. Soat 23:00 dan keyin uxlaydigan insonlarda depressiya, qo‘rquv, ruhiy zaifliklar ko‘p kuzatiladi.
Yurak urish muvozanati yomonlashadi.
So‘nggi yillarda yurakqon tomir kasalliklari ham ko‘payib, ham “yosharib bormoqda”. Kam va o‘z vaqtida uxlamaslik yurakni zo‘riqtirib, umrning qisqarishiga sabab bo‘lmoqda. Yurakni davolash uchun o‘z vaqtida uxlash kerak.
Eng foydali uyqu esa soat 22:00 dan 05:00 gacha bo‘ladi. Chunki aynan shu soatlarda uyqu fazalari mukammal kechadi.
Internet manbalari asosida tayyorlandi.
“Hidoyat” jurnalining 2025 yil 8-sonidan
http://hidoyatuz.taplink.ws