Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448

Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan...

06.09.2019   4491   2 min.
Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan...

Muqaddas dinimiz bo‘lmish “Islom” dininig lug‘aviy ma’nosi “Tinchlik, Omonlik” degan mazmunda. Islom dini odamlarning tinchlik va omonlikda yashashlariga, boshqalarga hamda g‘ayri din vakili bo‘lsa ham zulm qilmaslikka buyurgan. Dinimiz ko‘rsatmalarida mehr–oqibat, rahm–shafqatga, insonparvarlik, birodarlik, o‘zgalarni hurmat qilish, yomonlik qilgan inson uchun ham yaxshilik qilishga, kechirimli bo‘lish kabi oliy xislatlarni qamrab olgan.

Bosqinchilik, ta’qib, qo‘poruvchilik terrorizmning har qanday shunga o‘xshash xususiyatlaridan biri bo‘lib, bularning hammasi insoniylik g‘oyalari, demokratiya, adolat unsurlariga qarshi hisoblanadi. Har qanday yovuzlikni amalga oshirilmasin, ochiqchasiga insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi qaratilgan buyuk jinoyatdir. Ularning barchasi muayyan bir guruhni mumkin bo‘lmagan holda ongli ravishda kuch ishlatadilar. Bunda terrorchilar aniq maqsadni amalga oshirishda ijtimoiy – siyosiy muxit bilan bevosita aloqada bo‘lishadi.

Terrorizm tushunchasi har vaqt terroristik harakatlarning tez sur’atda amalga oshirilishini bildiradi. Eng xavflisi shundaki, yadroviy, biologak, bakteriologik qurollarning terrorchilar qo‘liga tushib qolish ehtimoli eng katta havfdir. Hozirgi zamondagi insonlar boshiga mislsiz kulfat solayotgan, ularning hayoti hazon bo‘lishiga, qanchadan – qancha farzandlarning yetim qolishiga sabab bo‘layotgan turrorizm ko‘plab davlatlarni tashvishga solmoqda. Bu  esa jahon hamjamiyati oldida katta xatar keltirmoqda. Bolalarga mo‘ljallangan safsata bemani buzg‘unchi o‘yinlar, huddiki terrorizimning kichik ko‘rinishiga o‘xshaydi. Bugungi kunda ham mustaqil rivojlanish yo‘lidan olg‘a qadam bosayotgan yurtimizga nisbatan g‘araz va buzuq niyatli kishilar, yovuz kuchlar terrorizim yo‘li bilan gullab yashnayotgan yurtimizni hamda o‘sib kelayotgan sof tabiatli yoshlarimizni chalg‘itishga urinmoqda, bizni yana qaramlikka solishga urinmoqda.

Bunday kuchlarga, jaholatga qarshi ma’rifat bilan, milliy g‘oya bilan kurashmog‘imiz juda ham muhimdir.  

 

A.SOLIJONOV,

Chust tumanidagi “Kattabog‘” jome

masjidi imom-noibi

 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qariyb 50 mamlakat jurnalistlari yangi Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandning asosiy yodgorliklarini ziyorat qiladi

25.08.2026   34787   2 min.
Qariyb 50 mamlakat jurnalistlari yangi Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandning asosiy yodgorliklarini ziyorat qiladi

«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga yo‘l oladi. Ular yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy nomidagi Innovatsion muzey bilan tanishadi. Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar uchun shaharning tarixiy-madaniy meros obyektlari, jumladan, YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar bo‘ylab maxsus dastur tashkil etiladi, xabar bermoqda iccu.uz.

Yodgorlik majmuasi Samarqand viloyati Payariq tumanida, buyuk muhaddis va ilohiyotshunos Muhammad al-Buxoriyning (810–870) dafn etilgan joyida joylashgan. U «Sahihi Buxoriy» to‘plami muallifi bo‘lib, mazkur asar sunniy islomdagi eng mo‘tabar hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi.

Keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng majmua 2026 yil bahorida ziyoratchilar uchun qayta ochildi. Uning umumiy hududi 45 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 10 ming kishilik masjid, ma’muriy va xizmat ko‘rsatish binolari, 154 ustunli ayvon, 14 ta moviy gumbaz va balandligi 75 metr bo‘lgan to‘rtta minora barpo etilgan. Rekonstruksiyadan so‘ng majmuaning kunlik qabul qilish quvvati 12 ming nafardan 65 ming nafargacha oshdi.

Majmuaning markaziy qismlaridan biri — to‘qqizta pavilondan iborat yangi Imom Buxoriy Innovatsion muzeyidir. Ekspozitsiya allomaning hayoti, hadisshunoslik tarixi va uning ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Shuningdek, muzeyda Qur’onda zikr etilgan payg‘ambarlar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makka va Madinadagi hayoti hamda yozma hadis to‘plamlarining shakllanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.

Majmua yaqinida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham faoliyat yuritadi. Markaz islom ilmiy va qo‘lyozma merosini, jumladan, Markaziy Osiyoning o‘rta asr olimlari asarlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar va tarjimalar tayyorlash, shuningdek, xalqaro ilmiy almashinuvni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Majmuaga tashrifdan so‘ng forum ishtirokchilari tarixiy Samarqand bilan tanishadi. Shaharning asosiy me’moriy yodgorliklari qatoriga Registon, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi va Go‘ri Amir maqbarasi kiradi. YUNЕSKO ushbu to‘rt obyektni 2001 yilda «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharning asosiy yodgorliklari sifatida e’tirof etadi.

Samarqand bosqichi 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi dasturining bir qismi bo‘ladi.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

O'zbekiston yangiliklari