Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

Hasad miyani halok qiluvchidir!

22.07.2019   3093   2 min.
Hasad miyani halok qiluvchidir!

2013 yilda olimlar insonning hasad qilayotgan paytdagi miyasini o‘rganib, bu paytda miya o‘ta murakkab vaziyatda bo‘lishini aniqladilar.

Ma’lumki, insonning his-tuyg‘ulari, ruhiy holatiga qarab miyaning muayyan sohalarida qonning harakati faollashadi. Masalan, inson xursand bo‘lganda miyasining shunga mas’ul qismlarida qonning harakatlanishi tezlashib, miyadagi mazkur hududni oson ajratib olish mumkin.

Inson mahzun holatda bo‘lganida miyasi ko‘p kuch sarflaydi, uning bir necha hududlari faollashadi. Shu bois shifokorlar miya hujayralarining talofatga uchrashidan saqlanish uchun kishilarga mahzun bo‘lmaslikni tayinlamoqdalar. Shuningdek, mahzunlik kishining erta qarishiga yoki xotirasining yo‘qolishiga ham sabab bo‘lar ekan.

Endi hasadga kelsak, buning asoratlari og‘irdir. Hasad inson miyasiga halokatli ta’sir etib, insonda ko‘plab iztiroblar (stress, depressiya) kelib chiqishiga olib kelar ekan. Inson hasad qilayotgan paytda uning miyasi tartibsiz, chigal holatda bo‘lib, olimlar bu holatdagi kimsaning miyasidan hasadga aloqador mintaqalarni aniqlashga qiynaldilar.

Inson miyasi ustida magnit rezonans tomografiya (MRT) orqali uzoq vaqt tajriba o‘tkazgan olimlar miyaning hasad paytida tartibsiz holatda bo‘lishini, bu hol miya uchun o‘ta zararli ekanini, shu bois inson hasaddan uzoq turishi kerakligini bir ovozdan ta’kidlamoqdalar.

Boshqacha qilib aytganda, hasadchining miyasi o‘z-o‘zini yeb bitirar ekan.

Barchamizga ma’lumki, hasad – boshqalardagi ne’mat ulardan ketib, hasadchining o‘ziga kelishini istashdir. Dinimiz bunday ishdan, orzudan qaytargan. Alloh taolo biz bandalarini hasad qilishdan qaytaribgina qolmay, balki bizga O‘zidan hasadning va hasadchilarning yomonligidan panoh so‘rashga buyurgan. U Zot Qur’oni Karimda “Falaq” surasida shunday marhamat qilgan:

قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ مِن شَرِّ مَا خَلَقَ وَمِن شَرِّ غَاسِقٍ إِذَا وَقَبَ وَمِن شَرِّ النَّفَّاثَاتِ فِي الْعُقَدِ وَمِن شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ

“Tong Robbisidan panoh so‘rayman.

U yaratgan narsalar yomonligidan.

Va kirib kelgan qorong‘ulik yomonligidan.

Va tugunlarga dam soluvchilar yomonligidan. (Sehrgarlar birovni sehrlab zarar yetkazmoqchi bo‘lsa, ip olib, o‘qiydigan narsasini o‘qib, dam solib, ipni bir tugib, yana bir dam solib, yana tugib, oxiriga yetkazar ekan.)

Va hasad qilgan hasadchining yomonligidan, deb ayt”.

Ha, Qur’oni Karimda hasad qilishdan qaytarish bilan birga, hasaddan va hasadchilarning yomonligidan Alloh taolodan panoh so‘rash haqida alohida ko‘rsatmalar kelgan.

Alloh taolo barchamizni hasad qilishdan va hasad qiluvchilarning yomonligidan asrasin!

 

Abduddoim Kahelning maqolasi asosida

Nozimjon Iminjonov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   55628   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari