بسم الله الرحمن الرحيم
HASAD VA GINA –HAMJIHATLIK ZAVOLI
الْحَمْدُ لله الذِي أمَرنَا بالْإِسْتِعَاذَةِ مِنْ شَرِّ الحَاسِدِ إِذَا حَسَد ، وَالصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ عَلَى رَسُولِهِ الذِّي حَذَّرَ أُمَّتَهُ عَنْ ذَلِكَ وَزَجَرْ وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ أَجْمَعِيْن أَمَّا بَعْدُ
Hurmatli jamoat! Jamiyatimizda mo‘min-musulmonlar amal qiladigan turli xil yaxshi xislatlar bilan birga zararli xulqlar ham mavjud. Musulmon inson doimo maqtalgan xislatlarni qo‘lga kiritib, yomon xislat va odatlardan nafsini poklashiga targ‘ib qilingan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
﴿ قَدْ أَفْلَحَ مَنْ زَكَّاهَا وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسَّاهَا ﴾ (سورة الشمس/9-10)
ya’ni: “Haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur. va u (nafs)ni (gunohlar bilan) ko‘mib, xorlagan kimsa esa (Allohning rahmatidan) noumid bo‘lur!” (Shams surasi, 9-10 oyatdar).
Shunday nafs illatlaridan biri – hasaddir. “Hasad” lug‘atda “biror narsani terisini shilmoq yoki qirmoq” degan ma’noni bildiradi. Uning istilohiy ma’nosi haqida alloma Munoviy shunday deydilar:
الْحَسَدُ : تَمَنَّي زَوَالَ نِعْمَةٍ عَنْ مُسْتَحِقٍّ لَهَا
ya’ni: “Hasad – ne’matga loyiq bo‘lgan kishidan uni zavol bo‘lishini umid qilishdir” (“At-Tavqif ala muhimmatit-taorif” 139-bet).
Eng birinchi gunoh ham Iblis tomonidan Odam alayhissalomga kibr va hasad qilishidan kelib chiqdi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:
قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلاَّ تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ قَالَ أَنَاْ خَيْرٌ مِّنْهُ خَلَقْتَنِي مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُ مِن طِينٍ (سورة الأعراف/12)
ya’ni: “(Alloh) aytdi: “Senga buyurganimda sajda qilishingga nima monelik qildi?” U dedi: “Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding” (A’rof surasi, 12-oyat).
Ibn Atiya rahimahulloh: “Alloh taologa birinchi qilingan gunoh –hasaddir. U Iblisdan sodir bo‘lgan edi”, – deganlar.
Qatoda raziyallohu anhu ushbu oyat tafsirida: “Allohni dushmani bo‘lgan Iblis Odam alayhissalomga Alloh taolo bergan izzat-hurmatiga xasad qildi va “Men olovdan, u esa loydan yaratilgan”, – deya kibrlandi”, – deydilar.
Ulamolarimizdan birlari bu xaqda: “Albatta hasad qiluvchi Iblisga o‘xshaydi. Chunki u musulmonlardan Allohning ne’matlarini ketishi, ular orasida fasod ko‘payishi kabi Shaytonga mahbub bo‘lgan ishlarni talabida bo‘ladi”, - deganlar.
Yer yuzidagi birinchi qotillik ham hasad sababli sodir bo‘ldi. Odam alayhissalomning o‘g‘li Qobil o‘z ukasi Hobilga hasad qildi va uning qotiliga aylandi. Qur’oni karim oyatlarining birida shunday deyiladi:
﴿ فَطَوَّعَتْ لَهُ نَفْسُهُ قَتْلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُ فَأَصْبَحَ مِن الْخَاسِرِين ﴾ (سورة المائدة/30)
ya’ni: “Uning (havoyi) nafsi birodarini o‘ldirishni xush ko‘rsatdi va darhol, uni o‘ldirdi. Shu bilan u ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qoldi” (Moida surasi, 30-oyat).
Hazrati Odam alayhissalomning o‘g‘illari Qobil tarafidan bu ish sodir bo‘lguniga qadar yer yuzida barcha insonlar itoatkor musulmon hollarida tinch totuv hayot kechirishar edi.
Afsuski, bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida hasad illatiga mubtalo bo‘lingani sir emas. Ko‘p hollarda ziyoli insonlarga nisbatan hasadgo‘ylik bilan muomala qilinishi – juda achinarli hol. Bunday holatlar Islomning avvalida mushriklar tarafidan kuzatilar edi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:
﴿ أمْ يَحْسُدُونَ النَّاسَ عَلَى مَا آَتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ فَقَدْ آَتَيْنَا آَلَ إِبْرَاهِيمَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ
وَآَتَيْنَاهُمْ مُلْكًا عَظِيمًا ﴾ (سورة النساء/54)
ya’ni: “Yoki (ular) Alloh O‘z fazlidan bergan ne’matlari uchun odamlarga hasad qilishadimi? Axir, Biz (ilgari ham) Ibrohim nasliga (Yusuf, Dovud, Sulaymon kabi zotlarga) Kitob, Hikmat berib, yana ularga buyuk mulk (hukmronlik) ham ato etgan edik-ku!” ( Niso surasi, 54-oyat)
Demak, ilmu-hikmat ham Alloh taolo tarafidan berilgan ulug‘ bir ne’mat bo‘lib, bunga hasad bilan emas, balki havas bilan qarash – ayni dinimiz buyurgan ishlardandir.
Havas mazmunidagi hasad haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:
"لاَ حَسَدَ إِلاَّ فِى اثْنَتَيْنِ رَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ قُرْآنًا فَهُوَ يَقُومُ بِهِ آنَاءَ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ ، وَرَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ مَالاً
فَهُوَ يُنْفِقُهُ آنَاءَ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ" (رَوَاهُ الإِمَامُ الْبُخَارِىُّ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)
ya’ni: “Ikki kishidan boshqaga hasad qilish yo‘q: Alloh Qur’onni ato qilgan kishi va Qur’onni kechayu kunduz haqqini ado qiladigan kishi, Alloh mol bergan va u molni kechayu kunduz infoq-ehson qiladigan kishi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Bu hadis haqida Imom Jaloliddin Suyutiy shunday deydilar: “Hasad ikki xil bo‘ladi: haqiqiy va majoziy. Haqiqiy hasad – bir kishidan ne’matni ketishini istash. Bu harom ekaniga ulamolar ijmo’ qilishgan. Majoziy hasadni “g‘ibta”, ya’ni “havas” deyiladi. Bunda – ne’mat egasidan ketmasdan, kishining o‘zida ham bo‘lishini orzu qiladi. Dunyo ishlarida havas qilish – muboh ish. O‘zgalar qilayotgan toatlarni orzu qilish esa – mustahab (ya’ni maqtalgan ish)dir”.
Boshqa rivoyatda ham mazkur ma’nodagi hasad zikr etilgan:
" لاَ حَسَدَ إِلاَّ فِي اثْنَتَيْنِ ، رَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ مَالا فَسَلَّطَهُ عَلَى هَلَكَتِهِ فِي الْحَقِّ ،
وَرَجُلٍ آتَاهُ اللَّهُ حَكْمَةً فَهُوَ يَقْضِي بِهَا وَيُعَلِّمُهَا " (مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ رضي الله عنه)
ya’ni: “Hasad ikki narsada bo‘ladi. (birinchisi) Alloh taolo bir kishiga moli dunyo berib, uni haq yo‘lda sarflash imkonini ham beradi, (ikkinchisi) Kishiga Alloh taolo ilmu-hikmat beradi. U ilmu hikmatni (haqqini) ado qiladi va uni (odamlarga) o‘rgatadi”, – dedilar (Muttafaqun alayh).
Hasadning ikkinchi xili yomon hasad bo‘lib, u boshqadagi ne’matni yo‘q bo‘lishini umid qilishdir. Bunday hasad shariatda harom qilingandir.
Zero Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘z vaqtida hasad illati jamiyat a’zolari o‘rtasida naqadar xavfli ekani, hatto kishining imoniga ham putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirib shunday deganlar:
"لاَ يَجْتَمِعُ فِي جَوْفِ عَبْدٍ الإِيَمانُ وَالحَسَدُ" (أخْرَجَ الإِمَامُ النَّسَائِيُّ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)
ya’ni “Bir bandada imon va hasad aslo birga bo‘lmaydi” (Imom Nasaiy rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda esa:
"لا يَزَالُ النَّاسُ بِخَيْرٍ مَالَمْ يَتَحَاسَدُوا" (رَوَاهُ الإِمَامُ الطَّبَرَانِيُّ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)
ya’ni “Insonlar bir-birlariga hasad qilmaslikda bardavom bo‘lsalar, yaxshilik uzra bardavom bo‘ladilar”, – dedilar. (Imom Tabaroniy rivoyati)
Buyuk ajdodimiz Imom Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh hasadning zaralari to‘g‘risida shunday deganlar: “Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. Hasad o‘z egasiga beshta uqubat keltiradi:
Boshqa bir o‘rinda esa: “Uch kishining duosi qabul bo‘lmaydi. Ular:
Hurmatli jamoat! Muqaddas dinimiz bir qancha salbiy illatlarning davosini o‘rgatgani kabi, bu hasad illatidan forig‘ bo‘lish yo‘llarini ham ko‘rsatib bergan. Bu haqda suyukli Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
"ثلاثٌ لازماتٌ لأُمَّتِي سُوءُ الظَّنِّ والحَسَدُ والطِّيَرَةُ فإذا ظَنَنْتَ فلا تُحَقِّقْ وإذا حَسَدْتَ فاسْتَغْفِرِ اللهَ
وإذا تَطَيَّرْتَ فَامْضِ" (رَوَاهُ الْإِمَامُ الطَبَرَانِيُّ عَنْ حَارِثَةَ بْنِ النُّعْمَانِ رضي الله عنه)
ya’ni: “Uchta xislat ummatimda doim bo‘ladi: yomon gumon, hasad va shumlanish. Gumon qilsangiz, yuzaga chiqarmang. Hasad qilsangiz, Allohga istig‘for ayting. Shumlansangiz, yo‘lingizda davom eting”, – deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).
Boshqa bir hadisda esa:
"كُلُّ بَنِي آدَمَ حَسُودٌ وَلاَ يَضُرُّ حَاسِداً حَسَدُهُ مَا لَمْ يَتَكَلَّمْ بِاللِّسَانِ أَوْ يَعْمَلْ بِالْيَدِ"
(رَوَاهُ الْإِمَامُ أَبُو نُعَيْمٍ عَنْ أَنَسِ ابْنِ مَالِكٍ رضي الله عنه)
ya’ni: “Har bir Odam bolasi – hasadchidir, (lekin) modomiki (hasadini) tiliga chiqarmasa, (hasadiga) qo‘li bilan amal qilmasa, hasadchiga hasadi zarar qilmaydi” (Imom Abu Nuaym rivoyati).
Alloh taolo Qur’oni karimning oxirgi suralaridan bo‘lgan “Falaq” surasida hasad qiluvchining yomonligidan panoh so‘rashga buyuradi:
"وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ" (سورة الفلق/5)
ya’ni: “Hasadchining hasadi yovuzligidan (panoh so‘rayman deb ayting)” (Falaq surasi, 5-oyat).
Hasad aqlni cheklab qo‘yishi fanda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Dnepropetrovsk universitetidagi tadqiqodlarda aniqlanishicha, hasad – cheklanishdir. Bu holatda inson faqat bitta maqsad uchun harakat qiladi. Motivatsiyaning bu tarzda cheklanishi esa fikr doirasining torayishiga olib keladi. Oqibatda shaxs shakllanishi buzilib, aqliy jarayon susayadi.
Har bir illatning davosi bo‘lgani kabi, hasad illatining ham davosi bor. Bu bo‘yicha ulamolarimiz “Kim o‘zida boshqalarga bo‘lgan hasadni sezsa, unga qarshi taqvo va sabrni ishlatsin”, – deyishgan. Shu bilan birga quyidagi omillarni ham ishga solishi talab etiladi:
- Avvalo Alloh taolodan yordam so‘rab, unga ko‘p bog‘lansin. Ushbu illatdan xalos bo‘lishga muvaffaq etishini umid qilsin;
- Islom shariati ko‘rsatmalariga amal qilishi lozim. Zero shariatga amal qilish kishini turli illatlardan uzoqlashtiradi;
- Bu dunyodagi har bir narsa Alloh taoloning Qazo va Qadari ila bo‘lishini imonini mustahkamlasin;
- Hasad hasadchining bu dunyoda salomatligiga, oxiratda esa Allohning g‘azabiga duchor qilishi kabi zararlarini ko‘p tafakkur qilsin;
- O‘limni ko‘p eslasin. Zero, o‘lim – har qanday havoyi-nafs istaklarini parchalovchi omildir. Mashhur sahobalardan birlari Abu Dardo raziyallohu anhu insonlarga nasihat qilib, shunday der ekanlar:
مَا أَكَثَرَ عَبْدٌ ذِكْرَ الْمَوْتِ إلّا قَلَّ فَرَحُهُ وَقَلَّ حَسَدُهُ
ya’ni: “Qaysi bir banda o‘limni ko‘p eslasa, uning (behuda) hursandchiligi va hasadi kamayadi”.
Alloh taolo barchamizni hasaddan, adovatdan asrasin, o‘zaro hamjihat bo‘lib yashashni muyassar qilsin! Omin!
Muhtaram jamoat! Mav’izamizni hozirgi kunda ba’zi hududlarda avj olib borayotgan illatlardan biri – hayvonlarni urishtirish haqida suhbatlashamiz.
Dinimizda turli hayvonlarni urishtirish, bu o‘yinlarga pul tikib qimor tashkil qilish va hatto tomosha qilish – ta’qiqlangan, harom ishdir. Bu haqda Ibn Abbos raziyallohu anhu shunday deydilar:
نَهَى رَسًولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ التَّحْرِيشِ بَيْنَ الْبَهَائِمِ )رَوَاهُ الْاِمَامُ التَّرْمِذِيُّ(
ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayvonlarni urishtirishdan qaytardilar” (Imom Termiziy rivoyati).
Bu hadisi sharifning sharhida muhaqqiq Mullo Aliyyul Qori shunday deydilar: “Ya’ni, Payg‘ambarimiz sallalllohu alayhi vasallam hayvonlar bir-birini shoxlashi, tishlashi, bosib-yanchishi yoki o‘ldirishi uchun ularni gij-gijlash (urishtirish)dan qaytardilar. “Nihoya” kitobida hadisdagi “taxrish” – hayvonlarni bir-biriga gij-gijlash, deyiladi. Tuya, qo‘chqor, xo‘roz, fil va buqalarni bir-biri bilan urishtiradilar. Buqa va sherni ham gij-gijlashadi. Hayvonlarni bir biri bilan urishtirish mumkin emas ekan, odamlarni bir-biri bilan urishtirish undan ham yomonroqdir. Odam urishtirish ayrim shaharlarda ko‘p uchraydi. Bu hadisni Imom Termiziy va Imom Abu Dovud rivoyat qilgan” (“Mirqotul mafatih”).
“Avnul Ma’bud” kitobida bu haqida shunday deyilgan: “Hayvon urishtirishdan man qilishning sababi – hayvonlarga hech bir foydasiz, balki o‘yin uchun azob berish va qiynashdir”.
Hayvonlarni urishtirishning haromligi haqida Xalqaro islom uyushmasi qoshidagi Islom fiqhi akademiyasining Makka shahrida 1987 yil (1408 h. yil Safar oyida) bo‘lib o‘tgan o‘ninchi davra majlisida qat’iy fatvo berildi. Hayvon urishtirishning haromligi aniq bo‘lgandan keyin, o‘rtaga pul qo‘yib urishtirish yoki tomoshabinlar pul bilan garov bog‘lashlarining ham harom ish ekanligi kelib chiqadi.
Dinimizda hayvonlarga ham sababsiz ozor, aziyat va azob berish mumkin emas. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hayvonlarning ham huquqlari borligini asoslab berdilar. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yuz qismiga tamg‘a urilgan eshakni ko‘rib: “Bunga tamg‘a urganni Alloh la’natlasin!” – dedilar (Imom Muslim rivoyati). Yana hayvonlarni “musla” qilish (tirik hayvonlarni a’zolarini kesib yaralash)dan ham qaytarilganmiz. Demak, hayvonlarga ozor berish, azoblash va ularga shafqat ko‘rsatmaslik shariatimizda og‘ir jinoyat hisoblanadi. Hayvonlarni qamab qo‘yib, ochlikdan o‘ldirish – haromdir. Hadisi sharifda bir mushukni qamab qo‘yib qiynagan ayolning azoblanishi haqida xabar berildi (Imom Buxoriy rivoyati). Kunlarning birida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam eti suyagiga yopishib ketgan tuyani ko‘rib qoladilar va: “Bu tilsiz hayvonlar to‘g‘risida Allohdan qo‘rqinglar. Minishga yaroqli qilib mininglar, yeyishga yaroqli qilib yenglar”, – dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati). Har bir hayvonni nima uchun yaratilgan bo‘lsa, shu ishda foydalanish ham – dinimizning ko‘rsatmalaridan biridir. Bir hadisi sharifda: “Ulovlaringiz ustini minbar qilib olishdan saqlaninglar...”, – deyilgan (Imom Abu Dovud rivoyati). Buning ma’nosi, kimnidir kutayotganda, savdo-sotiq qilayotganda yoki boshqa ishlarni qilayotganda, zarurat bo‘lmasa, ulovni ustiga minib turmang, deganidir. Hadisi shariflarda tirik jonzot (tovuq, qo‘y, echki kabilar)ni o‘q otishga nishon qilib olishdan qaytariladi (Imom Buxoriy rivoyati).
Dinimizdagi hayvonlarga bog‘liq yana bir asl qoida – ularga rahm-shafqat ko‘rsatishdir! Chanqagan itga shafqat ko‘rsatib, quduqdan suv olib chiqib bergan kishining gunohlarini Alloh taolo kechirgani rivoyat qilingan (Imom Buxoriy rivoyati). Sahobiylar safarda chumchuqqa o‘xshagan qushning paloponlarini olib qo‘yishganda, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam paloponlarni qaytarib, o‘z joyiga qo‘yishni buyurdilar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Hayvonlarga rahm-shafqatning bundan ham oliy darajasi – hatto go‘shti uchun so‘yilayotgan hayvonni ham qiynamaslikdir. Hadisi shariflarda so‘yilayotgan hayvonni qo‘pol ravishda sudramaslik, pichoqni hayvonni oldida qayramaslik, pichoqni o‘tkir qilish va boshqa hayvonlar oldida so‘ymaslik buyuriladi. Qo‘yni yiqitib qo‘yib, pichog‘ini qayrayotgan bir kishiga Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Uni bir necha marta o‘ldirmoqchimisan?!” – deb tanbeh berdilar (Imom Hokim rivoyati). Fatvo kitoblarda agar zarar yetkazmasa, hasharotlarni ham behuda o‘ldirish mumkin emasligi zikr qilingan.
Muhtaram imom-domla! Kelgusi juma ma’ruzasi “Janoza va ta’ziya odoblari”mavzusida bo‘ladi. Jamoatga e’lon qilishingizni so‘raymiz.
X asrning oxiri va XI asrning boshlarida Xorazm va Buxoro ilmiy muhitida antik davr yunon falsafasi hamda tabiiy fanlar merosini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan qiziqish nihoyatda kuchaydi. Aristotelning “Osmon va olam haqida” hamda “Fizika” asarlaridagi ayrim xulosalar o‘sha davr tadqiqotchilari tomonidan so‘zsiz haqiqat sifatida qabul qilinayotgan bir paytda, taxminan 24–26 yoshlardagi Beruniy antik muallifning ayrim qarashlarini amaliy kuzatuv va matematik mantiq yordamida shubha ostiga oldi. Beruniy o‘z e’tirozlari va savollarini xat orqali Buxoroda yashab ijod qilayotgan, o‘sha vaqtda 17–19 yoshlarda bo‘lgan Ibn Sinoga yubordi. Ushbu tarixiy muloqotning bizgacha yetib kelgan matni Ibn Sinoning Beruniy tomonidan berilgan savollarga qator javoblaridan iborat. Manbashunos va sharqshunos Yu.Zavadovskiy ushbu qo‘lyozma matnini rus tiliga o‘girgan va u ilk bor 1957 yilda Toshkentda nashr etilgan. Keyinchalik, 1973 yilda Beruniy tavalludining 1000 yillik yubileyi munosabati bilan falsafa fanlari nomzodi A.Sharipov tomonidan tayyorlangan qayta nashrda ushbu yozishmalarning ilmiy ahamiyati yanada aniqroq yoritilgan.
Beruniyni Aristotel ta’limotidagi ba’zi fizik qoidalarning kuzatuv va tajribaga zid kelishi alohida tashvishga solgan edi. Xususan, “Fizika” bo‘limiga oid savollar orasida moddalarning nur sindirishi va issiqlik yig‘ish xususiyatiga oid aniq tajriba bayon qilinadi. Xorazmlik olim dumaloq va shaffof shisha idishni olib, uni suv bilan to‘ldirganda u billur lupa kabi quyosh nurlarini bir nuqtaga to‘plab, alanga oldirish xususiyatiga ega bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi. Agar ushbu idish suv o‘rniga havo bilan to‘ldirilsa, hech qanday nur yig‘ilmaydi va olov hosil bo‘lmaydi. Beruniy Ibn Sinoga murojaat qilib, suvning bunday o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi sababini va nega aynan suv mavjud bo‘lganda nurlar to‘planishini so‘raydi. Sharqshunos A.Sharipov tadqiqotlarida ta’kidlanganidek, bu kabi savollar Beruniyning shunchaki nazariy mulohaza yuritmagani, balki aniq fizik hodisalarni tajribada tekshirib ko‘rganini tasdiqlaydi.
Ibn Sino Beruniyning bu savoliga javob berar ekan, suvning tabiatan tiniq, zich va silliq jism ekanini, shu sababli u o‘zidan o‘tayotgan nurni akslantirish va qaytarish xususiyatiga egaligini tushuntiradi. Optimika masalalarida olimlar o‘rtasidagi bahs Platon va Aristotel maktablarining qarashlarini qiyoslash darajasigacha yetib boradi. Ibn Sino ko‘rish jarayoni ko‘zdan nur chiqishi orqali yuz bermaydi degan Aristotel pozitsiyasini himoya qiladi va bu borada Platon qarashlaridan farqli yondashuvni ilgari suradi.
Beruniyning yana bir e’tiborga loyiq tajribaviy savoli suv va muzning zichligi hamda og‘irligi o‘rtasidagi munosabatga bag‘ishlangan. Aristotel nazariyasiga ko‘ra, sovuq va toshsimon qattiq shaklga ega bo‘lgan muz o‘z mohiyatiga ko‘ra tuproq elementiga yaqinroq bo‘lishi va suv tubiga cho‘kishi kerak edi. Lekin Beruniy amaliyotda muzning suv yuzida suzib yurishini ko‘rib, bu hodisaning fizik sababini so‘raydi. Ibn Sino o‘z javobida suv muzlagan paytda uning tarkibida havo zarralari qotib qolishini va aynan shu suyuqlik ichidagi havo pufakchalari muzni suv tubiga cho‘kishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlaydi. Yu.Zavadovskiy tomonidan o‘rganilgan ushbu ommaviy munozara o‘sha davr uchun moddalarning fizik holati va termodinamika boshlang‘ich tushunchalari bo‘yicha muhim qadam edi.
Kosmologiya va fazoviy geometriya sohasida ham Beruniy Aristotel da’volarini jiddiy sinovdan o‘tkazadi. Aristotel fazoda osmon sferasi og‘irlikka ham, yengillikka ham ega emas, chunki u markazga yoki markazdan atrofga harakat qilmaydi deb hisoblar edi. Beruniy esa xayoliy tafakkur nuqtayi nazaridan osmon jismi eng og‘ir jismlardan biri bo‘lishi mumkinligini, uning markazga tushmasligi uning vaznsizligini anglatmasligini ilgari suradi. Shuningdek, Beruniy fazo shakli borasida ham to‘xtalib, osmon sferasi mukammal sharsimon bo‘lishi shartligi, u tuxumsimon yoki yasmiqsimon shaklda ham bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi. Ibn Sino esa geometriya va fizika dalillarini keltirib, agar sfera sharsimon bo‘lmasa, uning harakati paytida bo‘shliq hosil bo‘lishi zaruriyatini isbotlashga urinadi.
Aristotelning fazoda olamning o‘ng va chap tomonlari haqidagi qarashlari ham Beruniyning keskin tanqidiga uchraydi. Aristotel jismning o‘ng tomoni harakat boshlanadigan joy deb ta’rif berib, keyinchalik Osmon harakati sharqdan boshlanadi, demak Sharq – bu o‘ng tomon degan xulosa chiqargan edi. Beruniy bunday xulosa chiqarish logikada “mantiqiy aylana” xatoligiga olib kelishini ko‘rsatib o‘tadi. Ibn Sino o‘z javobida Aristotel osmon sferasini tirik jism sifatida tasavvur qilganini aytib, antik muallif mantig‘ini himoya qilishga harakat qiladi.
Ushbu yozishmalar matni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining 2385-raqamli qo‘lyozmalar fondida saqlanib qolgan. Mazkur manbaning bizgacha yetib kelishida xatlarni ko‘chirib yozgan faqih Ma’sumiyning xizmati borligi xat oxiridagi qaydlarda eslatib o‘tiladi. Yu.Zavadovskiy va A.Sharipov tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, XI asr boshidagi bu ilmiy bahs nafaqat ikki mutafakkirning shaxsiy muloqoti, balki Turonda tabiatshunoslik fanlari va kuzatuv tajribalariga asoslangan yangi ilmiy uslub shakllanganining tarixiy isbotidir.
Beruniy va Ibn Sino o‘rtasidagi yozishmalar X-XI asrlarda Xorazm va Buxoroda shakllangan ilmiy tafakkur darajasi antik davr falsafasini shunchaki o‘zlashtirish bilan cheklanmay, uni aniq tajriba va mantiqiy tahlil vositasida tanqidiy qayta ko‘rib chiqish bosqichiga ko‘tarilganini anglatadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati