Shu yilning 16 avgust kuni Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy idorasi qarorgohida XVI Butunrossiya musulmon yoshlar forumining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Forum ishtirokchilarini Tatariston Respublikasi muftiysining birinchi o'rinbosari Ilfar hazrat Hasanov, “Ajal Bufkeran” jamg'armasi (Marokash) magistri, professori Shayx Abdurrahim Lakrim, Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy idorasi ijtimoiy rivojlanish bo'limi mudiri va Tatariston Respublikasi innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig'i Oygul Biktimirova tabriklaydi.
Forum 16-23 avgust kunlari Bolgarning qadimiy shahrida chodirlar shaharchasi shaklida musulmonlar o'rtasida xayriya ishlari mavzusida o'tkaziladi. Unda Indoneziya, Misr, London, Qrim Respublikasi, Boshqirdiston, Kabardino-Balkariya (Nalchik), Chuvashiya va Tatariston, shuningdek, Perm o'lkasi, Moskva, Astraxan, Vladikavkaz, Sverdlovsk viloyati, Ijevsk, Yoshkar-Ola, Samara va Hanti-Mansiyskdan 18-30 yosh atrofidagi 100 ga yaqin iqtidorli yosh ishtirok etadi.
Forum Rossiyada ummat manfaati uchun ijtimoiy loyihalarni yaratish va amalga oshirish uchun platformaga aylanadi. Ya'ni yosh musulmonlarga ijtimoiy startaplarni amalga oshirishning turli bosqichlarida qanday “paketlash”ni o'rgatadi: bular grant tanlovlarida qatnashish uchun taqdim etilishi mumkin bo'lgan g'oya yoki tayyor loyihalar bo'lishi mumkin.
Musulmon yoshlar forumi natijalariga ko'ra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi. Forum dasturidan diniy bilim olish, ilmiy-ma'rifiy ma'ruzalar, treninglar, mahorat darslari, TYeD va debatlar, kinozal va kitob klubi, sayohat va ekskursiyalar o'rin olgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصِّحَّةَ وَالعِفَّةَ وَالْأَمَانَةَ وَحُسْنَ الْخُلُقِ وَالرِّضَا بِالقَدَرِ
O‘qilishi: Allohumma inniy as’alukas-sihhata val ’iffata val amanata va husnal xuluqi var-rizo bil qodar.
Ma’nosi: Allohim! Sendan salomatlik, iffat, omonatdorlik, go‘zal xulq va taqdirga rozi bo‘lishni so‘rayman.