Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

4.06.2019   40091   1 min.
Hayit namozi qanday o‘qiladi?
  1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi.
  2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.
  3. Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
  4. Imom ichida “A’uzu”ni va “Bismillah”ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani o‘qiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
  5. Shundan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.
  6. To‘rtinchi takbirda qo‘l ko‘tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.
  7. Sajdadan so‘ngra “Attahiyyot”, “Salavot” va “Duo” o‘qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.

Alloh ibodatlaringizni O‘z dargohida qabul etsin!

 

Davron NURMUHAMMAD

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar

Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

6.01.2025   3169   1 min.
Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

Savol: Birinchi rakat tugab, sajdadan ikkinchi rakatga turayotganda bir-ikki soniya o‘tirib, keyin turish sunnat deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Buni fiqhiy kitoblarimizda "Jalsai istiroha" ya’ni, "orom olib o‘tirish" deb nomlanadi. Bundan birinchi va uchinchi rakatlar oxirida sajdadan keyin qiyomga turishdan oldin bir oz o‘tirib olish tushuniladi va bu amal hanafiy mazhabida makruh amal sanaladi ("Al-Lubob sharhul kitob").
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg‘ambarimiz alayhissalom namozda bevosita qadamlarining old qismiga tayangan holllarida (ya’ni, yerga suyanmay va o‘tirmagan holda) turishlari rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.