Ramazon jo‘nab ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U kunlarini yig‘ishtirishni boshladi. Allohim! Bu oyning muattar hididan nafas oldirganing uchun O‘zingga beadad hamd bo‘lsin! Allohim! Ushbu oyga yetkazganingdek, undagi ibodatlarni ham qabul et. Qabulidan mahrum etma! (Doktor Ahmad Iso Ma’saraviy).
Allohim! Bizga bergan va berayotgan barcha: oshkoru maxfiy, zohiru botin, umumiyu xos ne’matlaring uchun O‘zingga hamd, shukru sanolarimiz bo‘lsin!
Allohim! Yana uzoq yillar qalbimiz xotirjam bo‘lgan holda muborak Ramazon oyiga, uning fazilatlariga yetkaz!
"Qasamki, agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman"(Ibrohim surasi, 7-oyat) deb marhamat qilgan Alloh taolo beadad hamdu sanolar bo‘lsin!
Davron NURMUHAMMAD
Diniy soha xodimlarining intellektual va jismoniy salohiyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
«Zakovat» bellashuvida:
1-o‘rin — Urganch shahri jamoasi;
2-o‘rin — Bog‘ot, Tuproqqal’a va Gurlan tumanlari jamoalari;
3-o‘rin — Yangiariq va Shovot tumanlari jamoalari.
Stol tennisi turnirida:
1-o‘rin — Jumamurodov Jumamurod (Urganch shahri «Oxun bobo» masjidi imom-noibi);
2-o‘rin — Otajonov Davronjon (Qo‘shko‘pir tumani «Shayx Abdulla» masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin — Rahmatullayev Ziyovuddin (Bog‘ot tumani «Bejganik bobo» masjidi imom-noibi).
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho tuhfalar bilan munosib rag‘batlantirildi.
Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan diniy soha xodimlarining ezgu sa’y-harakatlariga muvaffaqiyatlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati