Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2026   |   29 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:29
Peshin
12:28
Asr
17:23
Shom
19:31
Xufton
20:58
Bismillah
12 Avgust, 2026, 29 Safar, 1448

Ramazon oyi xayr-saxovat oyi

30.05.2019   44443   6 min.
Ramazon oyi xayr-saxovat oyi

Tanlovga!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taboraka va taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.

Payg‘ambarimiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Ramazon oylar ichida yeng buyuk mag‘firatli, go‘zal oydir!

Ramazon oyining foydalari juda ulkan. Ramazon ro‘zasini tutmoqlik farz qilingan. Unda ming oydan ham yaxshiroq Qadr kechasi borligi, Qur’on nozil bo‘la boshlanganligi bilan u o‘n bir oydan ulkan farq qiladi. Ushbu oyda musulmonlarga  ikki dunyoning manfaatlari cheksizdir. Bu oyda Allohning rahmati tinmay yog‘ilib turadi, duolar qabul bo‘ladi ayniqsa ro‘zadorning duosi, ota-onaning farzandiga bo‘lgan duosi, musofirning duolari mustajob bo‘lur. Ro‘zadorlarga farishtalar kun-u tun tilovatlar aytishadi.

Ramazon oyida Qur’oni karimni xatm qilish, xayr-u ehson qilish sunnatdir.

Bu oyda Jannat yeshiklari ochilib Jahannam yeshiklari yopiladi, itoatsiz jin-shaytonlar esa zanjirbandlanadi. Bu kunni barcha mo‘min - musulmonlar intizorlik bilan kutib, Olimu-ulamolar unga yetishish yo‘lida duoda bo‘lib turishadi. Ramazon ro‘zasini tutmoqlik faqat Alloh uchun va uning mukofotini o‘zi beradi. Ramazon ro‘zasini tutmoqlik do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir. 

Ramazon oyida barcha mo‘minlar birlashadi, masjidlarda taroveh namozlarida jamlanishib, barcha katta-kichik, boy-kambag‘allar xamma birdek tenglashadi, bir-birlari bilan tanishib, mexr-oqibatlari ziyoda bo‘ladi, hulqimiz go‘zallashadi, qolaversa saxovatlari oshib-toshib  bir-birlaridan  o‘zishga, musobaqalashib ko‘proq savobli ishlarga ulgurib qolishga xarakat qiladilar. Ro‘za tutishning salomatligimizga ta’siri juda katta hisoblanadi. Buni ro‘za tugagunicha yoki tugagandan so‘ng chuqurroq xis etamiz. Ramazonning fazilatlari xam shunda barcha mo‘min – musulmonlar bir- birlariga mehr-murruvatda bo‘lishlari maqsadga muvoffiq ekanligini barchamiz anglamog‘imiz darkor. Qolaversa shodlik, xursandchilikni birga baxam ko‘rishimiz, bir-birimizga qo‘ldan kelganicha yordam qo‘llarini uzatmog‘imiz, bir go‘zal, ulug‘ savob bo‘lur.

Ramazon oyida yoru-do‘stlar urishib qolishgan bo‘lsalar yarashganlari maqbul ishdir, yoki biz musulmonlarga, ularni yarashtirib qo‘yish behisob savoblarga ega bo‘lishdek baxt kalitiga muyassar bo‘lamiz. Xatto do‘st-dushmanlar xam bir –birlariga bo‘lgan o‘rtadagi adovatni unutib,  mehr-muruvvatli bo‘lib qolishlari ajab emas! Zero Alloh raxmlilarning raximlisidir va birodariyu yaqinlariga do‘st–dushmanlariga rahm qilganlarni sevadi! 

Ro‘za tutuvchilarning Jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali kirishlari xususida shunday marxamat qilingan hadis bor.

Sahl roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Jannatda Rayyon nomli bir eshik bor, - deydilar Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, - bu eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kiradilar xolos. Qiyomat kuni ‹‹Ro‘zadorlar qani?›› deb nido qilinadi. Shunda, ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishadi. So‘ng, eshik yopiladi. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmaydi››.

Ramazon oyining ruhimizga ta’siri juda kattadir!

Ramazon oyida ruhimiz tetiklashadi, qalblarimiz xayrli ishlar ortidan poklanadi, orom oladi, nafsimizni har-xil yomon ishlardin tiyib ruhimizni poklaymiz. Ko‘proq yaxshi ammalarni qilishga kirishib, yomonliklardan uzoqlashib ruhiy olamimizni go‘zallashtiramiz, uni  faqat ochlikdan iborat emasligini asta –sekin faxmlaymiz va ruhiyatimizda, tanamizda qandaqdir go‘zal o‘zgarishlar bo‘layotganini sezib xotirjamlikga erishamiz, ruximiz batamom yengillashib, tarbiyalanib boraveradi, qolaversa buning ortidan yana  o‘n bir oy davomida ro‘zaning shunday go‘zal odob-ahloq tarbiyaviy jixatlarini ruhimizga singdirgan xolda, shunday xolatda saqlab qolishga, uning bardavom bo‘lishga xarakat qilamiz.

Ramazon oyi hayotiy hikmatlar ila go‘zal bezalgan!

Unda musulmonlar Allohning bergan barcha sinovlariga sabr-toqat qilib chidamli bo‘lib o‘zini beodob so‘zlarni aytishdan, yolg‘on so‘zlarni gapirishdan, birovning dilini og‘ritishdan, qattiq gapirishdan, ko‘zlarini har xil haromdan, umum qilib aytganda Alloh taoloning barcha qaytargan narsalaridan o‘zlarini tiyadilar.

Ramozon oyi xayr-saxovat oyi, musulmonlar Allohning rozi bo‘lishi uchun savob umidida bir-birlarini ko‘proq yo‘qlab, iftorliklar qilishadi, ayniqsa qariyalarni, kasalmand, beva- bechoralarni, yaqin va uzoq qarindoshlarining xolidan xabar olishdan va  bir-birlariga xursandchilik ulashishdan charchashmaydi. Biroq bir narsani unutmasligimiz kerak! U xam bo‘lsa isrofgarchilik qilishdan xoli bo‘lishga, Alloh bergan ne’matlariga kufr keltirmaslik uchun xushyor xolda bo‘lishimiz barchamizga foydalidir.                      

Ramazon oyining fazilatlari juda ko‘p uni sanab sanog‘iga yetishingiz amri  maholdir. Ramazonda bir kecha borki U ming oydan xam yaxshidir U Laylatul Qadr kechasidir. Laylatul Qadr kechasining fazilati haqida Alloh taolo bunday deydi:

‹‹Albatta, Biz uni (Qur’onni ‹‹Lavhul-Mahfuz››dan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik. ( Ey Muxammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!  Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kechada farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan ( yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar. U ( kecha ) to tong otgunicha salomatlikdir›› ( Qadr surasi).

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar. ‹‹Kimki Qadr kechasida imon-e’tiqod va savob umidida qoim bo‘lsa oldingi gunohlari kechiriladi››.

Ro‘zaga nisbatan rag‘bat uyg‘otish, unga sharaf uyg‘otish, qalbni poklanishi, ruxni tarbiyalanishi, ahloq-odobni go‘zallanishi, undagi barcha man qilingan narsalardan tiyilishi,unda sabrning kuchayishi, yuqoridagi barcha aytilganlarga ustun qo‘yib aytsak, uning foydalari, xayr-barakasi, duolarning mustajob bo‘lishi, barcha –barcha yaxshiliklarning ko‘payishi, boshqa oylarda biror-bir savob uchun qilingan ishga bir savob berilsa, bu oyda ming barobar savob bo‘lishi, bu oyda olingan savoblarni, boshqa oylarda ming urinsak xam topaolmasligimiz,  kishida ro‘zaga nisbatan rag‘bat uyg‘otadi desak mubolag‘a bo‘lmas. Vallohu a’lam!

So‘zlarimni nihoyasida shularni xolisona aytamanki, Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin, iymonimiz mustahkam bo‘lsin, bir-birimizga bo‘lgan mehr-muruvvatimiz oshib boraversin!

Xato va kamchiliklarimni Allohning o‘zi kechirsin! Ilmu-zehnimni ziyoda qilsin. 

 

Muallif: Zoirjon o‘g‘li Ibroxim Xidoyatov.

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Pol Kapur: «Bu yerda tarixni nafaqat ko‘rasiz, balki uni his qilasiz»

12.08.2026   6663   3 min.
Pol Kapur: «Bu yerda tarixni nafaqat ko‘rasiz, balki uni his qilasiz»

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi, xabar bermoqda iccu.uz.

Islom sivilizatsiyasining ko‘p asrlik tarixi, uning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida yaxlit va ta’sirchan tarzda namoyon etilgan. Tashrif davomida Samir Pol Kapur islomgacha bo‘lgan davr sivilizatsiyalaridan tortib, Yangi O‘zbekiston davriga qadar bo‘lgan tarixiy jarayonlarni aks ettiruvchi galereyalar, buyuk allomalarning ilmiy-ma’rifiy merosi, noyob qo‘lyozmalar, muqaddas yodgorliklar hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmon ekspozitsiyalarning mazmunan izchilligi va tarixiy jarayonlarni bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda namoyon etish usuliga alohida e’tibor qaratdi. Uning qayd etishicha, bu yerda muzey eksponatlari orqali o‘tmish haqida ma’lumot olish bilan cheklanib qolmay, tarixiy davrlar ruhini his qilish, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash imkoni ham mavjud.

Samir Pol Kapur o‘z taassurotlarini quyidagicha ifodaladi:

«Bu muhtasham maskan. Islom tarixi va madaniyatining asrlar davomidagi taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish men uchun unutilmas tajriba bo‘ldi. Bu yerda tarixni shunchaki kitob sahifalari orqali emas, balki o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz, uni his qilasiz va go‘yo o‘sha davrlarning ichida bo‘lasiz. Shu bois ushbu noyob maskanni barpo etishga hissa qo‘shgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Yoshlarga ham bu yerga kelishni albatta tavsiya qilaman. Chunki bu maskan nafaqat tarixni o‘rganish, balki o‘tmish bilan kelajak o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash imkonini beradi. Men uchun eng esda qolarli lahzalardan biri Qur’oni karimga bag‘ishlangan golografik namoyish bo‘ldi. U menda katta taassurot va hayajon uyg‘otdi.
Menimcha, bu dargoh islom sivilizatsiyasining jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga namoyon etishga xizmat qiladi. Shuning uchun har bir inson bu yerga tashrif buyurib, ana shu boy va bebaho meros bilan shaxsan tanishishi lozim».

Pol Kapurning fikricha, Markazning ahamiyati uning tarixiy merosni namoyon etish bilangina cheklanmaydi. Ushbu maskan yosh avlod uchun o‘tmish saboqlarini anglash, ilm-fan va ma’rifatning sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rnini his etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish uchun ham muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon vazifasini o‘taydi.

Tashrif yakunida AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur Islom sivilizatsiyasi markazidan olgan taassurotlari yuksak ekanini qayd etib, ushbu maskan boy tarixiy merosni zamonaviy muzey texnologiyalari va ta’sirchan taqdimot usullari orqali jahon jamoatchiligiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari