Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Oktabr, 2026   |   5 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:36
Peshin
12:09
Asr
15:58
Shom
17:45
Xufton
19:00
Bismillah
16 Oktabr, 2026, 5 Jumadul avval, 1448

Ramazon solnomasi

22.05.2019   48051   8 min.
Ramazon solnomasi

Tanlovga! 

Bandalariga ro‘za tutishni farz qilgan Alloh taologa hamdu sanolar, Ro‘za amallarini go‘zal tarzda ado qilishda yo‘lboshchi bo‘lgan Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovot va salomlar bo‘lsin.

Albatta, Ramazon islomiy oylar ichida fazilatlarga boy va barakali oylardan hisoblanadi. Bu oyda hidoyat qo‘llanmasi bo‘lgan Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi ham, bu oyning eng afzal oy ekaniga dalolat qiladi. Shuningdek, bu oyning fazilati va barkasi borasida  Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan juda ko‘plab hadisi-shariflar rivoyat qilingan.

قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:  إِذَا دَخَلَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الجَنَّةِ ، وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ جَهَنَّمَ ، وَسُلْسِلَتِ الشَّيَاطِينُ   رواه البخاري (3277) ، ومسلم (1079).

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon oyi kelishi bilan jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi» - dedilar. Muttafaqun a’layh.

Haqiqatda, Ramazon oyining fazilatlari va barakotlari juda ham ko‘p. Bu borada juda ko‘p mavi’zalarda eshitib, ko‘plab maqolalar orqali xabardor bo‘lganmiz. Lekin, bugun e’tiborimizni boshqa tomonga qaratamiz. Ya’ni, bu oyning fazilatlari ko‘p bo‘lish  bilan birga, tarixda bu ulug‘  kunda juda ko‘plab muhim tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan. Quyida ularni birma- bir sanab o‘tamiz.

Ramazonning birinchi kuni:

1) 2-hijriy yil Dushanba. Musulmonlar birinchi marta ramazon ro‘zasini tutdilar.

2) Ibrohim alayhissalomga ilohiy sahifalar tusha boshlagan.

3) Hijriy 73-yil. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu vafot etdilar.

4) Hijriy 91- yil. Andalusni fath qilish boshlangan.

5)  Hijriy 472- yil. Abu Ali ibn Sino vafot etdi.

Ramazonning ikkinchi kuni:

1) Hijriy 65-yil. Abdumalik ibn Marvon Umaviy xalifa etib tayinlandi.

Ramazonning uchinchi kuni:

1) Hijriy 11- yil. Fotimai Zahro roziyallohu anho vafot etdilar.

2) Hijriy 37- yil. Tahkim voqeasi bo‘lib o‘tdi.

Ramazonning to‘rtinchi kuni:

1) Hijriy 1- yil. Hamza roziyallohu anhu birinchi sariyaga chiqdilar.

2) Hijriy 666 - yil. Antokiya Slavyanlardan qaytarib olindi.

Ramazonning oltinchi kuni:

1) Muso alayhissalomga Tavrot sahifalari tusha boshladi.

2) Hijriy 63- yil. Musulmonlar Sind shahrini fath qildilar.

Ramazonning yettinchi kuni:

1) Hijriy 361- yil. Al-Azhar universiteti ochildi.

Ramazonning sakkizinchi kuni:

1) Hijriy 273- yil. Ibn Moja rohimahulloh vafot etdilar.

2) Hijriy 455- yil. Alp Arslon Saljuqiylar voliysi etib tayinlandi.

Ramazonning o‘ninchi kuni:

1) Payg‘ambarlikning 10-yili, hijratdan 3 yil avval. Xadiyja roziyallohu anhu vafot etdilar.

2) Hijriy 485-yil. Nizomul mulk Abul Hasan Aliy ibn Ishoq o‘ldirildi.

Ramazonning o‘n birinchi kuni:

1) Hijriy 3-yil. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anhoga uylandilar.

2) Hijriy 9-yil. Saqif qabilasi elchilari Rosululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bo‘ldi.

3) Hijriy 95- yil. Sai’d ibn Jubayr vafot etdilar.

4)  Hijriy 624- yil. Chingizxon vafot etgan.

5) Hijriy 922- yil. Sulton Salim Damashqni fath qildi.

Ramazonning o‘n ikkinchi kuni:

1) Hijriy 597- yil. Ibn Javziy rohimahulloh vafot etdilar.

Ramazonning o‘n uchinchi kuni:

1) Hijriy 15-yil. Umar roziyallohu anhu Shomni egalladilar  

2) Hijriy 40- yil. Abu Luboba roziyallohu anhu vafot etdilar.

Ramazonning o‘n to‘rtinchi kuni:

1) Hijriy 132-yil. Abbosiylar Umaviylar poytaxti Damashqqa hujum qilishdi.

2) Hijriy 612- yil. Ibn Atoulloh Sakandariy tavallud topdilar.

Ramazonning o‘n beshinchi kuni:

1) Hijriy 3-yil. Hasan ibn Aliy roziyallohu anhu dunyoga keldilar.

2) Hijriy 37-yil. Muhammad ibn Abu Bakr roziyallohu anhu Misrga voliy etib tayinlandilar.

3) Hijriy 383- yil. Abu Bakr Xorazmiy vafot etdilar.

4) Hijriy 543- yil. Fahriddin ar-Roziy dunyoga keldilar.

Ramazonning o‘n yettinchi kuni:

1) Hijriy 2-yil. Katta Badr g‘azoti bo‘lib o‘tdi.

2) Hijriy 2-yil. Ruqayya (roziyallohu anho) binti Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar.

3) Hijriy 85-yil. Mo‘minlar onasi Oyisha roziyallohu anho vafot etdilar.

4) Hijriy 124- yil. Muhammad ibn Muslim az-Zuhriy vafot etdilar.

Ramazonning o‘n sakkizinchi kuni:

1) Hijriy 21- yil. Xolid ibn Valid vafot etdilar.

2) Hijriy 560- yil. Muhyiddin ibn Arabiy dunyoga keldi.

Ramazonning yigirmanchi kuni:

1) Hijriy 8-yil Makka fath qilindi.

2) Hijriy 652- yil. Sayfuddin Qutuz dunyoga keldilar.

Ramazonning yigirma birinchi kuni:

1) Hijriy 40- yil. Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu vafot etdilar.

2) Hijriy 95- yil. Hajjoj ibn Yusuf as-Saqofiy dunyoga keldi.

3) Hijriy 1353- yil. Fors yurti Eron davlati deb o‘zgartirildi.

Ramazonning yigirma uchinchi kuni:

1) Hijriy 9-yil Musulmonlar «Lot» nomli butni buzib tashlashdi.

2) Hijriy 26- yil. Yazid ibn Muoviya tug‘ildi.

Ramazonning yigirma to‘rtinchi kuni:

1) Hijriy 20- yil. Amr ibn Os masjidini qurish boshlandi.

Ramazonning yigirma beshinchi kuni:

1) Hijriy 8-yil. Xolid ibn Valid roziyallohu anhu «Uzzo» nomli ibodatxonani buzib tashladilar.

2) Hijriy 129-yil. Abu Muslim Xurosoniy Umaviylarga qarshi qo‘zg‘olon boshladi.

3) Hijriy 544- yil. Faxruddin ar-Roziy tavallud topdilar.

4) Hijriy 658- yil. «Ayni jolut» jangi bo‘lib o‘tdi.

Ramazonning yigirma oltinchi kuni:

1) Hijriy 762- yil. Badruddin Ayniy rohimahulloh dunyoga keldilar.

Ramazonning yigirma yettinchi kuni:

1) Hijriy 927- yil. Belgrad fath etildi.

Ramazonning yigirma sakkizinchi kuni:

1) Hijriy 2-yil. Zakot farz bo‘ldi.

Ramazonning yigirma to‘qqizinchi kuni:

1) Hijriy 1425- yil. Yosir Arafot vafot etdi.

Ramazonning o‘ttizinchi kuni:

1) Hijriy 256- yil. Imom Buxoriy vafot etdilar.

2) Hijriy 384- yil. Imom ibn Hazm dunyoga keldilar.

 

Toshkent Islom instituti talabasi

Muhammad Ali Muhyiddin.

 

 

 

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi

16.10.2026   4716   7 min.
Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi

Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida talabalarni bevosita amaliyot jarayonida tayyorlashning yangi bosqichi boshlandi.

2026 yil 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagoglar bilan uchrashuvda oliy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish, universitetlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Davlat rahbari ilgari surgan «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili ta’lim jarayonini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish, talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy tajriba berishga qaratilgan.

Ushbu tashabbusning amaliy ifodasi sifatida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun dual ta’lim shaklida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni real ish muhitiga olib kirish va zamonaviy media sohasi uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Bugun tashkil etilgan uchrashuvda Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Muloqot davomida dual ta’limni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlash, shuningdek, Markazning ilmiy-ma’rifiy salohiyatini zamonaviy media vositalari orqali keng yoritish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish, yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda milliy merosni zamonaviy media orqali targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi:

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Biz bu tashabbusni ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim imkoniyat, deb bilamiz. Ushbu amaliyotga xorijiy ekspertlarni ham jalb etishni maqsad qilganmiz. Bu talabalarga xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish, turli mamlakatlardagi media sohasining ilg‘or yondashuvlarini o‘rganish va kasbiy mahoratlarini oshirish imkonini beradi. Ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markazining boy ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro auditoriyaga yetkazishda xorijiy mutaxassislar tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z faoliyatida tarixiy va ilmiy merosni o‘rganish, uni keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodda ma’rifat va ilmga qiziqishni kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda zamonaviy jurnalistika va media vositalarining o‘rni beqiyos. Bugungi kunda axborotni shunchaki yetkazishning o‘zi yetarli emas. Uni to‘g‘ri talqin qilish, ishonchli manbalarga tayanish, tarixiy voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini ochib berish, turli auditoriyalarga tushunarli tarzda taqdim etish talab etiladi. Ayniqsa, milliy va umuminsoniy merosimizni xalqaro maydonda tanitishda jurnalistlarning kasbiy mahorati katta ahamiyatga ega.

Biz yoshlarning o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rishlarini, mutaxassislar bilan ishlashlarini, jurnalistik materiallar tayyorlash jarayonini bevosita o‘rganishlarini istaymiz! — dedi Firdavs Abduxoliqov.

Markaz rahbari, shuningdek, hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida gid-jurnalistlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, Markazga turli mamlakatlardan olimlar, tadqiqotchilar, jurnalistlar va sayyohlar tashrif buyuradi. Ularga tarixiy ekspozitsiyalar, qo‘lyozmalar, artefaktlar va buyuk allomalar merosi haqida mazmunli, aniq va qiziqarli ma’lumot berish uchun tarixiy bilim, jurnalistik mahorat, muloqot madaniyati va xorijiy tillarni bilish kabi ko‘nikmalar uyg‘unligi zarur.

Biz talabalarning bu jarayonda faol ishtirok etishini, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ularning zamonaviy fikrlashi, raqamli texnologiyalardan foydalanish qobiliyati va yangi media formatlariga qiziqishi Markaz faoliyatini yanada keng yoritishga yordam beradi. — dedi Markaz rahbari.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham dual ta’limning bo‘lajak jurnalistlar kasbiy tayyorgarligidagi ahamiyatiga to‘xtalib, oliy ta’limda olingan bilimlarni real ish muhitida mustahkamlash zarurligini qayd etdi.

Bugungi uchrashuvning ahamiyati shundaki, biz ta’lim jarayonini real kasbiy muhit bilan bog‘lash, talabalarni nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham qurollantirish yo‘lida muhim qadam tashlayapmiz.

Zamonaviy jurnalistika jadal o‘zgarmoqda. Raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, multimedia va sun’iy intellekt axborotni yaratish, tarqatish va qabul qilish usullariga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda jurnalistdan faqat matn yozish mahorati emas, balki tahlil qilish, faktlarni tekshirish, turli formatlarda kontent tayyorlash va auditoriya bilan samarali muloqot qilish qobiliyati ham talab etiladi.

Shuning uchun ham talabalarimizning tahsil davridayoq amaliy tajriba orttirishi juda muhim. Ular auditoriyada olgan bilimlarini ish jarayonida sinab ko‘rsalar, kasbning haqiqiy talablarini yaxshiroq anglaydilar, o‘z imkoniyatlarini baholaydilar va kelgusi faoliyatlariga puxtaroq tayyorlanadilar», — dedi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

Rektor Markaz bilan hamkorlik talabalar uchun tarix, ilm-fan, madaniyat va ma’naviy merosga oid mavzularni amaliyot orqali o‘rganish, turli janrlarda materiallar tayyorlash, intervyu va reportajlar yaratish imkonini berishini ta’kidladi.

Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik ayniqsa jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz uchun katta ahamiyatga ega. Markazda tarix, ilm-fan, madaniyat va ma’naviy meros bilan bog‘liq boy axborot muhiti mavjud. Bu muhit talabalarga turli janrlarda material tayyorlash, intervyu olish, reportaj yaratish va murakkab mavzularni ommaga tushunarli tilda yetkazish bo‘yicha tajriba orttirish imkonini beradi. Gid-jurnalistlar tayyorlash tashabbusini ham istiqbolli yo‘nalishlardan biri deb bilamiz. Bunday mutaxassislar tarixiy va madaniy merosni chuqur anglashi, uni zamonaviy auditoriyaga yetkaza olishi, xorijiy mehmonlar bilan samarali muloqot qilishi zarur — dedi universitet rektori.

Uchrashuvda muhokama qilingan muhim yo‘nalishlardan biri Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosini xalqaro auditoriyaga zamonaviy media vositalari orqali yetkaza oladigan gid-jurnalistlarni tayyorlash masalasi bo‘ldi. Bunday mutaxassislar jurnalistik ko‘nikmalar bilan bir qatorda tarixiy va madaniy merosni tushunarli bayon qilish, ekspozitsiyalar mazmunini ochib berish, tashrif buyuruvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, xorijiy auditoriyaning ehtiyojlarini hisobga olish kabi muhim kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.

Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat tarixiy yodgorliklar va noyob artefaktlar namoyish etiladigan maskan, balki ilm-fan, tafakkur, ma’rifat va madaniy merosni zamonaviy yondashuvlar asosida taqdim etuvchi ilmiy-ma’rifiy maydondir. Uning mazmun-mohiyatini xalqaro miqyosda munosib tarzda yoritish uchun jurnalistik mahorat, tarixiy bilim va kommunikatsiya ko‘nikmalarining uyg‘unligi muhim. Shu nuqtayi nazardan, gid-jurnalistlar tayyorlash tashabbusi bo‘lajak mutaxassislarning amaliy salohiyatini oshirish bilan birga, Markaz haqidagi axborotni turli tillar va media formatlari orqali kengroq auditoriyaga yetkazishga ham xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari