Sayt test holatida ishlamoqda!
22 May, 2026   |   4 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
04:59
Peshin
12:25
Asr
17:28
Shom
19:45
Xufton
21:16
Bismillah
22 May, 2026, 4 Zulhijja, 1447

2019 yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari e’lon qilindi

06.05.2019   13931   2 min.
2019 yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha

QARORI 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy     2019 yil (hijriy 1440 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o‘rtacha narxi 200 000 (ikki yuz ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, zakot nisobi 85 (sakson besh) gramm tillo, ya’ni 17 000 000 (o‘n yetti million) so‘m deb belgilangani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya’ni 425 000 (to‘rt yuz yigirma besh ming) so‘mni zakot niyatida chiqarilishi haqidagi xulosasi ma’qullansin.

Ma’lumki, fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan to‘rt narsadan chiqariladi. Ular bug‘doydan yarim so’, arpadan bir so’, mayizdan yarim so’ va xurmodan bir so’dir. Bir so’ taqriban () 4 kilogrammdir.

Shunga ko‘ra, bu yilgi FITR sadaqasining miqdori Toshkent shahar bozorlaridagi narxga ko‘ra:

2 kilogramm bug‘doydan 6 000 (olti ming) so‘m;

≈ 4 kilogramm arpadan 10 000 (o‘n ming) so‘m;

2 kilogramm mayizdan 70 000 (yetmish ming) so‘m;

≈ 4 kilogramm xurmodan 100 000  (yuz ming) so‘m bo‘ladi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi FIDYA miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati 15 000 (o‘n besh ming) so‘m, deb belgilansin.

 

O‘zbekiston musulmonlari

idorasi raisi, muftiy                                         Usmonxon ALIMOV

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi

21.05.2026   5587   2 min.
Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi

Bugun, 21 may kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ alloma Abul Husayn Peshog‘ariyning "Ismatul anbiyo" asari taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimiz ilm-fan va diniy-ma’rifiy sohasining yetakchi olimlari, tadqiqotchilari hamda mutaxassislari ishtirok etdi. Jumladan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuxamedov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov va  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bosh ilmiy xodimi Zohidilla Munavvarov qatnashdi.


Taqdimotda so‘zga chiqqan Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokchilarni yangi kitob bilan tabriklab, bu kabi kitoblarning ahamiyati xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, u kishi o‘z so‘zida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat muhtasham obida, balki yurtimizdagi barcha diniy va ilmiy muassasalarni bir nuqtaga jamlagan maskan ekani, jahonga Islomning asl insonparvarlik va ilm-fan mohiyatini ko‘rsatuvchi vazifasini o‘tayotgani, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashga va Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.


 Shuningdek, taqdimotning asosiy ma’ruzachilari sifatida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Abdullatif Alloqulov, Ahmad Sa’d Damanhuriy hamda Ixtiyor Abdurahmonov ishtirok etdi.

 Mutaxassislar ushbu nashr ajdodlarimizning boy ilmiy merosini o‘rganish va uni kelajak avlodga yetkazish yo‘lida muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi. Tadbir davomida ushbu asarning dunyodagi yagona qo‘lyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgani, yangi nashr esa milodiy 1382 yilda Buxoroda ko‘chirilgan ana shu qo‘lyozma asosida tayyorlangani alohida qayd etildi. 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur kitob moturidiyshunos olimlar Ahmad Sa’d Damanhuriy va Ixtiyor Abdurahmonovning ilmiy izlanishlari asosida tayyorlanib, ilk bor ilmiy tahqiq qilingan holda kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Mazkur asar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan Iordaniyaning nufuzli “G‘onim” nashriyotida chop etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi Yurtimizdagi dunyoda yagona bo‘lgan qo‘lyozma kitob holida nashr etildi
O'zbekiston yangiliklari