
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan 2019 yilgi muborak Ramazon oyida mo‘min-musulmonlarning telefon orqali yo‘llangan ro‘za tutish bilan bog‘liq barcha shar’iy masalalariga ulamolarning tunu kun javob berish tizimi joriy etildi.
Endilikda, mo‘min-musulmonlar shu yil 3 maydan 3 iyunga qadar haftada yetti kun, kunda 24 soat davomida o‘zlarining ro‘za tutish bilan bog‘liq shar’iy savollariga javob olishlari mumkin (ibodat vaqtlaridan tashqari).
Buning uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinadi:
90 9026910;
90 9170580;
93 5752832 (faqat ayol-qizlar uchun, 08:00 dan 18:00 gacha).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chirchiq shahrida kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga quvonch ulashishga qaratilgan saxovat tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov tadbirda ishtirok etib, bolajonlarga samimiy tilaklar bildirdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali ko‘magida 35 nafar bolaning har biriga velosiped va turli sovg‘alar berildi. Shuningdek, tadbirda saxovatpesha homiylar tomonidan bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar va bayramona dastur tashkil etildi.
Bunday xayrli tashabbuslar yurtimizda inson qadri, oila va bolalar manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Saxovat tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati