Shu yil noyabr' oyida Vatikan Abu-Dabida diniy etakchilar bilan “Tinchlik uchun uchrashuv” forumini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rim papasi “Vida Nueva” haftaligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
IQNA saytining “Islam today” matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, “Noyabr oyida BMTning Dubaydagi iqlim sammiti oldidan Abu Dabida diniy etakchilar bilan tinchlik bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tadi”, – dedi Rim papasi Fransisk.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning fevral' oyida Fransisk Arabiston yarim oroliga keldi. Bu tarixiy tashrif deb ataldi. Uning doirasida dinlararo muloqotni rivojlantirishga oid hujjat imzolandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati