Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Alloh yaxshi ko‘rgan bandalar

12.03.2019   7589   2 min.
Alloh yaxshi ko‘rgan bandalar

Alloh chin tavba qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: “Albatta, Alloh (shungacha bilmay yo‘l qo‘ygan xatolaridan) chin tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi” (Baqara surasi, 222-oyat).

Chin tavba qanday bo‘ladi?

Chin tavba dildan pushaymon bo‘lish, til bilan mag‘firat so‘rash, gunohdan voz kechish va unga boshqa qaytmaslikka ahd qilish bilan bo‘ladi. 

Alloh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashuvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: Ayting (ey Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (Oli Imron surasi, 31-oyat).

Nabiy alayhissalomga ergashish nima degani?

Nabiy alayhissalomga ergashish u zot keltirgan shariat ko‘rsatmalariga itoat etish deganidir. 

Alloh taqvo qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: “Aslida esa, kim (Alloh) ahdiga vafo qilsa va taqvoli bo‘lsa, albatta, Alloh (bu kabi) taqvodorlarni sevadi” (Oli Imron surasi, 31-oyat).

Taqvo nima?

Taqvo – tikanzorda yalang oyoq o‘zingizni tikandan saqlab yurganingizdek gunoh va ma’siyatlardan ham ehtiyot, uzoq bo‘lishingizdir. 

Alloh yaxshilik qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: “Albatta, Alloh ezgulik qiluvchilarni sevadi” (Moida surasi, 13-oyat).

Ezgulik nima?

Ezgulik bu yaxshilikdir. Har bir savobli ish – yaxshilik.

Alloh adolatli bandalarini yaxshi ko‘radi: “Agar hukm qilsangiz, o‘rtalarida adolat bilan hukm qiling! Albatta, Alloh odillarni sevadi” (Moida surasi, 42-oyat). 

Alloh har bir ishni go‘zal bajaruvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” (Oli Imron surasi, 195-oyat). 

Alloh sabrli bandalarini yaxshi ko‘radi: “Alloh (esa) sabrlilarni sevar” (Oli Imron surasi, 146-oyat).

Sabr nima?

- Toat-ibodatlarni ado etishda sabr.

- Gunohlardan tiyilishda sabr.

- Musibatga sabr. 

Alloh tavakkul qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: (Biror ishga) azmu qaror qilsangiz, Allohga tavakkul qiling, zero, Alloh tavakkul qiluvchilarni sevar” (Oli Imron surasi, 159-oyat).

 

 

Davron NURMUHAMMAD 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

17.08.2026   31097   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.

Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari