Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2026   |   20 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:56
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:43
Bismillah
05 Iyul, 2026, 20 Muharram, 1448

Ajoyib maqollar

26.02.2019   6128   3 min.
Ajoyib maqollar

Alloh taolo qushlarga rizqini beradi. Lekin qushlar o‘sha rizqiga yetish uchun uchishi kerak.

Golland maqoli

*****

Kim qo‘shnisining uyini buzishga urinsa, o‘zining uyi buziladi.

Shveysariya maqoli

*****

Agar kishi och bo‘lsa, nonni arpa noni, javdar noni, bug‘doy noni deb farqlab o‘tirmay, yeyaveradi.

*****

Agar tabassum qila olmasang, do‘kon ochma.

Xitoy maqoli

*****

Yaxshilikni bilmaydigan odamga yaxshilik qilishning misoli atirgul suvi (gulob)ni dengizga uloqtirishdir.

Polyak maqoli

*****

Agar bir xalqning darajasini, saviyasini bilmoqchi bo‘lsang, ularning ayollariga nazar sol.

Fransuz maqoli

*****

Qanoating – yarim baxtingdir.

Italyan maqoli

*****

Tanangni javohirlar bilan bezaganingdan ko‘ra aqlningni ilm bilan qurollantirganing yaxshidir.

Xitoy maqoli

*****

O‘zi bilan g‘ururlanish, o‘zidan qoyil qolish johillikning bolasidir.

Ispan maqoli

*****

Sovg‘alar bilan oziqlanib turadigan muhabbat har doim och qolaveradi.

Ingliz maqoli

*****

Muhabbatingni ayolingga, sirlaringni onangga ber.

Irland maqoli

*****

O‘g‘ling besh yoshga to‘lgunicha unga amirga qilgandek muomala qil. Keyin o‘n yil davomida unga qulga qilgandek muomala qil. Undan keyin u bilan do‘stona muloqotda bo‘l.

Hind maqoli

*****

Oila a’zolarim menga gapirishni o‘rgatdi. Odamlar esa jim turishni o‘rgatdi.

Chexoslovak maqoli

*****

G‘azab – aql chirog‘ini o‘chirib qo‘yadigan kuchli shamoldir.

Amerika maqoli

*****

Kishilarga hadya beradiganlar bergan narsalarini gapirmasliklari kerak. Uni olganlar esa, gapirib, eslashlari kerak.

Portugal maqoli

*****

Katta daraxt meva berishidan ko‘ra ko‘proq soya beradi.

Italyan maqoli

*****

Ey inson, o‘limni unutma, chunki u seni unutmaydi

Turk maqoli

*****

O‘ch olish lazzati qisqa vaqt davom etsa, kechirish lazzati umr bo‘yi davom etadi.

Ispan maqoli

*****

Muhabbat va atir yashirina olmaydi.

Xitoy maqoli

*****

Kimning sumkasida pullari bo‘lmasa, tilida ipagi bo‘lsin. Ya’ni tili shirin bo‘lsin.

Malayziya maqoli

*****

Kim chiroyli ayolga uylansa, ikkitadan ko‘proq ko‘zga muhtoj bo‘ladi.

Ingliz maqoli

*****

Kim o‘zi uchun qo‘y bo‘lishga rozi bo‘lsa, uni bo‘rilar yeb qo‘yadi.

Fransuz maqoli

*****

 

 

Feysbukdagi “Hayotning narigi yuzi” sahifasidan

Nozimjon Iminjonov tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ustozga hurmat — ilm barakasining kaliti

02.07.2026   7816   1 min.
Ustozga hurmat — ilm barakasining kaliti

Shofe’iy rahmatullohi alayhi aytadi: "Qur’on, hadis, nahv yoki boshqa har qanday ilmni olishda odobga amal qildim. Madinada Imom Molikni ko‘rdim. U kabi haybatli, ilmni ulug‘lovchi kishini aslo uchratmadim. Uning majlisida varaqlashda chiqadigan ovozdan xavotirlanib kitobni nihoyatda sokinlik bilan varaqlar edim".