Urganch tumanidagi «Jon Xorosh bobo» jome masjidi imom-xatibi Hikmatullo domla Yusupovning Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahridagi malaka oshirish mashg‘ulotlari boshlandi.
Mashg‘ulotlarning ilk kuni ustozlar bilan tanishuv, o‘zaro muloqot va fikr almashish ruhida o‘tdi. Bu esa xorijiy tajribani o‘rganish, diniy-ma’rifiy bilimlarni yanada boyitish hamda kasbiy salohiyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Zero, ilm yo‘lidagi har bir safar insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tajribasini boyitadi va faoliyatiga yangi ruh bag‘ishlaydi.
Hikmatullo domlaga ushbu xayrli safar davomida muvaffaqiyat, ustozlar sabog‘idan unumli bahramand bo‘lish, yangi bilim va boy tajribalarni egallab, yurtimizga munosib natijalar bilan qaytishlarini tilaymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi Matbuot xizmati