Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2026   |   21 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:16
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
04 Avgust, 2026, 21 Safar, 1448

Quloqlaringizga ishonmang!

25.02.2019   4908   2 min.
Quloqlaringizga ishonmang!

Olimlarning ta’kidlashicha, inson miyasi quloq orqali sekundiga 16 gersdan tortib 20 000 gersgacha bo‘lgan chastotali tarang-siqiq to‘lqinlarni qabul qiladi. 16 gersdan past bo‘lgan tovushlarni infratovushlar deyilib, tabiiy holda odamlar bu tovushlarni eshitish imkoniyatiga ega emas. Agar inson shu to‘lqinlarni eshita olganida, o‘z yuragi orqali o‘tayotgan qon hamda tana muskullarining ovozini eshitar edi. Bu esa insoniyatni uzluksiz azobda yashashiga sabab bo‘lardi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, agar inson 7 gers chastotali to‘lqinlarni eshitsa, darhol vafot etar ekan.

Shuningdek, inson 20 000 gersdan ortiq chastotali to‘lqinlar, ya’ni ultratovushlarni ham eshita olmaydi. Bordiyu mazkur tovushlarni eshita olganida, sayyoramizning Quyosh atrofida aylanishida sodir bo‘ladigan tovushlarni, fazodagi turli portlashlarni hamda qabrlarda azoblanayotgan mayyitlarning ovozlarini ham eshitish imkoniyati paydo bo‘lardi.  

Ha, azizlar! Alloh taolo biz bandalari uchun ona zaminimiz bo‘lgan Yerda barcha qulayliklarni, hatto miyamiz qabul qiladigan tovushlarni ham me’yorlashtirib qo‘ygan. Bu Uning bizga ato etgan ulkan rahmatidir!

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan: 

 قُلْ بِفَضْلِ اللّهِ وَبِرَحْمَتِهِ فَبِذَلِكَ فَلْيَفْرَحُواْ هُوَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ

“Sen: “Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand bo‘lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir”, deb ayt”. (Bir ummatga ikki dunyo baxtiga erishtiruvchi ilohiy kitob berilishi o‘sha millatga Allohning fazli va marhamatidir. Bu millat ushbu oyatga amal qilib, qancha xursand bo‘lsa, arziydi. Alloh taoloning fazli va marhamati bo‘lmish Qur’oni Karimga iymon keltirib, uni o‘ziga dastur qilib olgan zotlar o‘sha eng ulug‘ fazl va rahmatga erishgan kishilar sifatida qanchalik xursand bo‘lsalar, shunchalik oz. Qur’onga erishish dunyodagi boshqa hamma narsalarni jamlab, o‘shalarga ega bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroqdir.) (Yunus surasi, 58-oyat).

Alloh taolo barchamizga O‘zining Kalomi hamda biz uchun manfaatli bo‘lgan ovozlarni eshitishni nasib etsin!

 

Internet ma’lumotlari asosida

Nozimjon Iminjonov taryyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik imom-xatiblar BAAda malaka oshirmoqda

03.08.2026   6139   1 min.
O‘zbekistonlik imom-xatiblar BAAda malaka oshirmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston imom-xatiblari uchun davlatchilik, bag‘rikenglik va zamonaviy diniy-ijtimoiy yondashuvlar mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda BAAning taraqqiyot yo‘li, qonun ustuvorligi va "vasatiyya" (o‘rtalik) tamoyilining jamiyat tinchligidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Mamlakatda 200 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq istiqomat qilayotgani ta’kidlanib, inson qadri va o‘zaro hurmat muhim omil ekaniga e’tibor qaratildi. 

O‘z navbatida, BAA vakillari O‘zbekistonning boy sivilizatsiyasi va dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz xizmatini yuksak ehtirom bilan yodga olishdi. Tinglovchilarning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarda masjidlarda ma’ruzalarni proyektor va interaktiv taqdimotlar orqali ko‘rgazmali yetkazish tajribasi, shuningdek, imom-xatiblarning jamiyat hayotidagi faol o‘rni ko‘rsatib berildi.

Shuningdek, tadbirda BAA rahbariyatining dunyo bo‘ylab amalga oshirayotgan insonparvarlik va xayriya loyihalari haqida atroflicha so‘z yuritilib, bu kabi manfaatli ilmiy safarlarni tashkil etgan davlatimiz Rahbari va soha mutasaddilariga minnatdorlik bildirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O‘zbekistonlik imom-xatiblar BAAda malaka oshirmoqda O‘zbekistonlik imom-xatiblar BAAda malaka oshirmoqda
Dunyo yangiliklari