Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Iordaniyada Qur'on tiraji bir million nusxaga etdi

25.01.2024   779   1 min.
Iordaniyada Qur'on tiraji bir million nusxaga etdi

Iordaniyaning Vaqflar va Islom ishlari vazirligi 1968 yilda tashkil etilganidan beri Qur'oni karimning bir million nusxasini chop etganini ma'lum qildi.

“Saraha News” xabariga ko'ra, unda jumladan bunday deyiladi: “Bu Qur'on nusxalari islomiy mamlakatlardan tashqari Iordaniyadagi maktab va masjidlarga ham tarqatilgan”.

 Unga ko'ra, bu mamlakat hukmdorlari ko'magida maxsus qo'lyozmalar nashr etilgan: Mushaf al-Bayt, Mushaf Hoshimiy, Mushaf Malik Husayn va Iordaniya qiroli Mushafi.

 Iordaniyaning Vaqflar va islom ishlari bo'yicha vaziri Muhammad al-Halayla ushbu ilohiy kitobga xizmat qilishda Qur'oni karim faoliyati takomillashganini e'lon qilib, jumladan bunday dedi: “Qur'oni karim nashrini qo'llab-quvvatlash va yaqin kelajakda Allohning kitobini o'rgatish uchun maxsus ehson dasturi tashkil etildi”.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misr OAV: O‘zbekiston muftiysining Rabiul avval oyiga bag‘ishlangan maqolalari ma’naviy yangilanish va Nabaviy sunnatga ergashishga chorlamoqda

14.09.2026   1125   2 min.
Misr OAV: O‘zbekiston muftiysining Rabiul avval oyiga bag‘ishlangan maqolalari ma’naviy yangilanish va Nabaviy sunnatga ergashishga chorlamoqda

Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston muftiysi, shayx Nuriddin Xoliqnazarning Muhammad alayhissalom tavallud topgan muqaddas Rabiul avval oyiga bag‘ishlangan turkum maqolalari chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Misrning “Al Gomhuria” nashri sahifalarida Rabiul avval oyi musulmonlar qalbida alohida o‘rin tutishi va Ummaning Payg‘ambarimizga bo‘lgan cheksiz muhabbati tufayli bu oy an’anaviy ravishda “Mavlid oyi” deb atalishi haqidagi fikrlar keng yoritilgan. Materialda Muftiyning ushbu davrni yangi ma’naviy ko‘tarinkilik bilan kutib olish, uni “Nabaviy siyrat oyi” va “Ibratli ummat oyi”ga aylantirish, ibodat, axloq va madaniyat masalalarida Payg‘ambarimiz o‘gitlarini amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan da’vati alohida ta’kidlangan.

“Ya7dosal2an” nashri ham Islom e’tiqodining ajralmas qismi va chin imonning asosiy sharti bo‘lgan Payg‘ambarimizga bo‘lgan muhabbat sabablari haqidagi metodologik masalani qayd etgan. Maqolada sahobalarning sadoqatiga oid tarixiy misollar va guvohliklar keltirilgan.

“Aldawlanews” resursida Islomni amaliy tushunishning oliy manbai sifatida Nabaviy siyratni o‘rganishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan bo‘lib, unda shunchaki sanalarni yodlash o‘rniga har bir tarixiy voqeadan sabr, adolat va rahmat kabi hayotiy saboqlarni chiqarish zarurligi urg‘ulangan.

“Al Diplomacy” nashri esa Payg‘ambarimizga bo‘lgan chin muhabbatning uch asosiy belgisiga — siyrat haqida tafakkur qilish, sunnatga so‘zsiz ergashish va ruhlar shifosi hamda jamiyatda axloqni mustahkamlashning ma’naviy asosi bo‘lgan ko‘p salavot aytishga e’tibor qaratdi.

“Sada El Balad” rasmiy resursi O‘zbekiston muftiysining Rabiul avval oyini oilalar va ta’lim muassasalari uchun keng qamrovli tarbiyaviy loyihaga aylantirish tashabbusini yoritib, musulmonlarni ushbu oyni yuksak axloq va jipslikning oliy namunasiga ergashish yo‘lidagi yangi debochaga aylantirishga chaqirdi.

“Eldameer” axborot portali ham O‘zbekiston muftiysining asarlarini atroflicha taqdim etib, Rabiul avval oyining chuqur mazmuni va sunnatga ergashish orqali ma’naviy poklanishning muhimligiga e’tibor qaratdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari