Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Iyul, 2026   |   14 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:35
Shom
19:49
Xufton
21:16
Bismillah
28 Iyul, 2026, 14 Safar, 1448

E’tirofi yuksak ustoz edi

24.12.2018   5943   1 min.
E’tirofi yuksak ustoz edi

Yoshlarning ilm olishiga munosib hissa qo‘shgan ustoz – Malika opa Normuhamedova 2018 yil 23 dekabr kuni vafot etdi.
Malika opa Normuhamedova 1944 yil Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. 1966 yil Toshkent davlat universiteti va 1997 yil Toshkent islom institutini tamomlagan, pedagogika fanlari nomzodi edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan ustoz 1993 yil Toshkent shahridagi Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtining tashkil etilishiga ulkan hissa qo‘shgan. Shu bilan birga Toshkent islom institutida ayol-qizlarni ham ta’lim olishi uchun juda ko‘p tashabbus ko‘rsatgan.
Ustoz Malika opa 1993-2009 yillarda Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida mudira vazifasida ishlab, qizlarning yaxshi ta’lim-tarbiya olishiga tinmay harakat qilgan. Ustozning bilim yurtiga mehri bo‘lakcha bo‘lgani sababli nafaqaga chiqqandan keyin ham turli tadbirlarda duolari va ezgu tilaklari bilan madrasa faoliyatida hamnafas bo‘ldi.
Haq taolo Malika opaning oxiratlarini obod aylasin. Ustozning oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Alloh taolo ustozni O‘z mag‘firatiga doxil qilsin, farzandu nabiralariga sabru jamil berib, sabrlariga ajru mukofotlar ato etsin.


Nozima IBROHIMOVA,
bilim yurti mudirasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohim, menga rahm qilgin

28.07.2026   3046   1 min.
Allohim, menga rahm qilgin

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: “Ey Allohning Rasuli! Menga bir duo o‘rgating, men uni namozda o‘qib yuray”, dedilar. Shunda Rasululloh: “Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron. Va innahu laa yag‘firuz zunuuba illaa anta. Fag‘fir liy mag‘firotan min ’indika varhamniy, innaka antal g‘ofuurur rohiym”, dedilar.


Ma’nosi: “Allohim! Albatta, men o‘zimga ko‘p zulm qildim va Sendan o‘zga gunoh larni kechiruvchi yo‘qdir. Meni huzuringdan bo‘lgan mag‘firat bilan kechirgin va menga rahm qil gin! Albatta, Sen ko‘p kechiruvchi va o‘ta rahmli Zotsan” (Imom Buxoriy rivoyati). Yaxshilik bilan mukofotlasin Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimga bir yaxshilik qilinsa, uni qilgan kishiga “Jazaakal lohu xoyron” desa, maqtovni oxiriga yetkazgan bo‘ladi», dedilar.


Ma’nosi: “Alloh seni yaxshilik bi lan mukofotlasin” (“Sunani Termiziy”). Boshqalardan behojat qilgin Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu rivoyat qiladi. «Bir mukotab (ozod bo‘lish uchun to‘lov to‘lashga xojasi bilan shartnoma tuzgan qul) oldimga kelib: “Men kelishilgan mablag‘ni topib bera olmay qoldim. Menga yordam bering”, dedi. Men unga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘rgatgan kalimalarni o‘rgatdim: “Allohum­makfiniy bi halaalika ’an haroomik, va ag‘niniy bi fazlika ’amman sivaak”.


Ma’nosi: “Allohim, haromingsiz haloling bilan menga kifoya qilgin va fazling ila meni O‘zingdan boshqalardan behojat qilgin” (Sunani Termiziy).

“Hidoyat” jurnalining  

2025 yil 6-sonidan

Maqolalar