Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Aprel, 2026   |   27 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:19
Quyosh
05:42
Peshin
12:28
Asr
17:06
Shom
19:08
Xufton
20:25
Bismillah
16 Aprel, 2026, 27 Shavvol, 1447

Ta’limning samarasi

10.12.2018   5852   1 min.
Ta’limning samarasi

Islom dinimizda ilmga qattiq e’tibor berilgan va unga targ‘ib etilgan. Ilm o‘rganish har bir musulmon erkak va muslima ayolga farz deb e’lon qilingan.

Inson hayotda to‘g‘ri yo‘lni ilm orqali topa oladi. 

Buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy rahimahullohning “Ilmdan boshqa najot yo‘q” degan gaplarida ulkan ma’no bor.

Ilm – sarf etilgani sari tugamaydigan, aksincha oshib, mustahkamlanib boradigan noyob ne’matdir. Molu dunyo esa ishlatilgani sari tugab boraveradi.

Qur’oni Karimda Alloh taolo iymonli olimlarning martabalarini baland qilishini, O‘zidan bandalari orasida olimlar ko‘proq qo‘rqishini aytgan.

Hadisi shariflarda ilm o‘rgatuvchilarning haqqiga hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar, inidagi chumolilar ham istig‘for aytishi ta’kidlangan.

Banda ibodatini ham faqat ilm asosida ado etadi. Chunki qanday namoz o‘qish, qanday ro‘za tutish, qanday zakot berish va qanday haj qilish ilm orqali o‘rganiladi.

Olimlar, muallimlarning martabalari bu dunyoda ham, oxiratda ham baland bo‘ladi.

Endi yuqoridagi rasmga izoh bersak: bu avtobus Meksikada bo‘lib, uning yarmi maktab avtobusi ko‘rinishida, yarmi esa qamoqxona avtobusi ko‘rinishida bo‘yalgan. Yoniga “Ta’lim boshlangan joyda zo‘ravonlik, bezorilik tugaydi” deb yozib qo‘yilgan.

 

Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi

14.04.2026   9913   1 min.
“Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi

#xabar #haj2026 #ellikboshi #vazifa

Joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtiroklarida “Haj – 2026” mavsumida hojilar ibodatiga boshchilik qiluvchi guruh rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 


Muftiy hazratlari haj qiluvchi inson Haq taoloning mehmoni ekani, shu bois haj amalini bajarayotgan kishiga ko‘mak bergan, uning og‘irini yengil qilgan inson ulug‘ ajru savoblarga noil bo‘lishini so‘zlab, har bir   ellikboshi Rahmonning mehmonlariga O‘zi rozi bo‘ladigan darajada sidqidildan xizmat qilishi lozimligini alohida qayd etdilar.


Yig‘ilishda joriy mavsumni namunali o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, 300 nafardan ziyod ellikboshi saralab olingani, o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilgani, ziyoratchilar bilan uchrashuvlarda e’tibor qilinishi zarur bo‘lgan masalalarga urg‘u qaratildi.


Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari o‘z so‘zlari davomida muborak safarga qadar ziyoratchilar bilan muntazam suhbatlar tashkil etish va ularda hajning tartib-qoidalari, ahkomlari, o‘ziga xos mashaqqatlarini tushuntirish hamda zikru duolar qilish va yurtdoshlarimizning barcha savollariga javob berish zarurligini ta’kidladilar.


Shuningdek, haj amaliga oid shar’iy masalalarda faqat Fatvo markazi fatvolariga rioya etish, haj safariga doir qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni puxta bilish, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish, zikru ibodatlarni ko‘paytirib, safarni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.


Tadbir yakunida Haq taolodan bu yilgi haj mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab xayrli duolar qilindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

“Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi “Haj – 2026” ellikboshilari uchun muhim vazifalar belgilandi
Dunyo yangiliklari