Masjidi Nabaviyga havoni xushbo'ylantiruvchi aqlli qurilmalar o'rnatildi. Ular ziyoratgoh hududini toza havo bilan ta'minlaydi, deb yozadi IslamNews.
Masjid yaqiniga yondash inshootlarga ham xuddi shunday qurilmalar o'rnatildi. Bundan tashqari, masjid atrofida 245 ta yuqori texnologiyali salqin bug' chiqaradigan soyabon ishlab turibdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Saudiya Arabistonining nufuzli ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda o‘tkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi va unda ilgari surilgan tashabbuslarga bag‘ishlangan tahliliy maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Xususan, “Al-Watan” gazetasida I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi shunchaki an’anaviy ilmiy uchrashuv emas, balki islom madaniyatining tiklanishiga xizmat qiluvchi keng ko‘lamli tarixiy loyiha sifatida keng yoritilgan. Materialda O‘zbekiston islom olamining eng muhim tarixiy beshiklaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
“UNA” axborot agentligi O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev tomonidan diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ilgari surilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tgan.
Xususan, mamlakatda boy ma’naviy-madaniy merosni qayta tiklash va o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani qayd etilgan. Forum doirasida Samarqandda qabul qilingan deklaratsiya va uning asosida taklif etilgan yangi ilmiy tashabbuslar hadisshunoslik va islom g‘oyalarini asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Saudiya OAVda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida ham ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu markaz mamlakatning islom madaniyati, ilm-fani va ma’naviy merosini o‘rganish, saqlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiluvchi zamonaviy ilmiy-ma’rifiy muassasa ekani qayd etilgan.
Markaz ekspozitsiyalarida O‘zbekiston hududida yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti va ilmiy merosi, nodir qo‘lyozmalar, qadimiy Qur’on nusxalari, arxeologik topilmalar, tarixiy hujjatlar, san’at asarlari hamda interaktiv multimedia namoyishlari o‘rin olgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati