Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2026   |   18 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:57
Peshin
12:30
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:13
Bismillah
07 Aprel, 2026, 18 Shavvol, 1447

Mo‘min hammaning ishonchli kishisi

14.11.2018   5692   1 min.
Mo‘min hammaning ishonchli kishisi

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadisi shariflarida: “Mo‘min barcha insonlarning ishonchli kishisidir. Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi haqiqiy musulmondir. Yomonliklarni tark etgan kishi asl muhojirdir. Nafsim qudrati qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qo‘shnisiga zulm qiladigan kishi jannatgan kirmaydi” (Ramuz al-ahodis” hadislar kitobi).
Hadisning bosh qismida mo‘minning ishonchli kishi ekani, undan boshqalarga ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetishi gunoh ekani uqdirilmoqda. Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilgan yuqoridagi hadisga binoan o‘zimizni taftish qilsak, imonimizning darajasi ma’lum bo‘ladi.
Hadisning ikkinchi qismida aytilishicha, asl muhojir yomonliklarni tark etgan kishidir. Chunki insonning yashash joyi o‘zgargani bilan axloqi, tabiati o‘zgarmaydi. Shuning uchun bir joyda yashab turib, yomon xulqlarni tark etish haqiqiy muhojirlikka tenglashtirilmoqda.
Hadisning so‘nggi qismida esa janobi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qasam bilan: “Nafsim qudrati qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qo‘shnisiga zulm qiladigan kishi jannatga kirmaydi” deb ta’kidlayotirlar.
Demak, jannatga noil bo‘lmoq shartlaridan biri qo‘shniga biror jihatdan zarar yetkazmaslikdir. Zarar yetkazadigan kishi esa jannatga – Allohning buyuk ehsoniga musharraf bo‘lmaydi. Alloh barchamizni bunday baxtsizlikdan asrasin.

Shayx Muhammad Zohid Qo‘tquning
“Mo‘minning sifatlari” kitobidan

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Siz buyuk va juda saxiy Zot bilan muomala qilmoqdasiz

07.04.2026   1427   2 min.
Siz buyuk va juda saxiy Zot bilan muomala qilmoqdasiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Garchi uzun tuyulsada bu kunlar,
Uchrashtirar
bizni shirin damlarda.

Sizga xushxabar bor! U zot sizga ulkan savoblarni va’da qilgan. U Zot marhamat qiladi:

﴿فَاسْتَجَابَ لَهُمْ رَبُّهُمْ أَنِّي لَا أُضِيعُ عَمَلَ عَامِلٍ مِنْكُمْ مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى﴾

“Robbilari ularning (duolarini) istijobat qilib: “Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmayman” (Oli Imron surasi, 195-oyat).

Alloh taolo erkaklarga qanday va’da qilgan bo‘lsa ayollarga ham shunday va’da qilgan. Xuddi shuningdek erkaklarni qanday maqtagan bo‘lsa ayollarni ham shunday maqtagan.

Alloh taolo aytadi:

﴿إِنَّ الْمُسْلِمِينَ وَالْمُسْلِمَاتِ وَالْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَالْقَانِتِينَ وَالْقَانِتَاتِ وَالصَّادِقِينَ وَالصَّادِقَاتِ وَالصَّابِرِينَ وَالصَّابِرَاتِ وَالْخَاشِعِينَ وَالْخَاشِعَاتِ وَالْمُتَصَدِّقِينَ وَالْمُتَصَدِّقَاتِ وَالصَّائِمِينَ وَالصَّائِمَاتِ وَالْحَافِظِينَ فُرُوجَهُمْ وَالْحَافِظَاتِ وَالذَّاكِرِينَ اللَّهَ كَثِيرًا وَالذَّاكِرَاتِ أَعَدَّ اللَّهُ لَهُمْ مَغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا﴾

Albatta, muslimlar va muslimalar, mo‘minlar va mo‘minalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozu’li erkaklar va tavozu’li ayollar, sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar, ro‘za tutguvchi erkaklar va ro‘za tutguvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar, Allohni ko‘p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko‘p) zikr qilguvchi ayollar – o‘shalarga Alloh mag‘firatni va ulug‘ ajrni tayyorlab qo‘ygandir” (Ahzob surasi, 35-oyat).

Ushbu oyat ham sizning erkak kishining tug‘ishgan opasi va ular bilan teng ekaningiz hamda ajr-savoblaringiz Allohning huzurida ekanini bildiradi. Shunday ekan, siz uyingizda va jamiyatda sizni Allohning roziligiga olib boradigan amallarni qiling, ushbu ummat farzandlariga eng go‘zal namuna va ularning yo‘lini yoritadigan mash’ala bo‘ling.

Siz o‘z hayot yo‘lingizda Fir’avnning xotini Osiyoni namuna qilib oling. Chunki ular va ular kabi ayollar pok, mo‘mina, Allohga doimiy itoatkor, kunduzlari ro‘zador va kechalari namoz o‘qiydigan ayollar bo‘lishgan, Alloh ularning barchalaridan rozi bo‘lsin va ularni ham rozi qilsin! Siz mana shu yo‘lni mahkam tuting. Ularning barcha uchun namuna bo‘lgan hayot yo‘llarini qayta-qayta mutolaa qiling, shunda yaxshilik, xotirjamlik va sakinatni topasiz.

Shu’la: Yetimning ko‘z yoshini arting, shunda Rahmon Zotning roziligi va Uning jannatiga erishasiz.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Maqolalar