#Qabul_2023
▪️2023-2024 o'quv yili uchun Hadis ilmi maktabiga abituriyentlardan hujjat qabul qilish 10 iyul' kuni soat 18:00 da to'xtatildi.
? Qabul qilingan arizalar soni jami 123 ta.
? Qabul imtihonlari o'tkazish sanada to'g'risida ma'lumot muhaddisuz (https://t.me/muhaddisuz) telegram manzili orqali beriladi.
muhaddis.uz
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati