Bugun, 24 yanvar' chorshanba kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Jaloliddin domla Hamroqulov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida bildirilgan shar'iy masalalar, masjidlar holati, imomlar faoliyati, haj navbati, oilaviy munosabatlar, ishga kirish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o'rganilib, mas'ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
Bugungi qabul davomida Farg'ona, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning echimi bo'yicha amaliy choralar ko'rildi.
Mana shunday samimiy qabul va g'amxo'rlikdan mamnun bo'lgan fuqarolar O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ko'rsatilgan e'tibordan ko'ngillari shod bo'lishib, xayrli duolar qilishdi.






O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati