1. Avvalo “Ikki rakat iydul azho namozini ushbu imomga iqtido qilib, Ka'baga yuzlanib, xolis Alloh taolo uchun ado etishni niyat qildim” deyiladi.
2. Imom “Allohu akbar” deb birinchi takbirni aytgach jamoat ham qo'llarini quloq barobarida ko'tarib, ichida takbir – “Allohu akbar” deb aytadi.
3. Keyin qo'llar bog'lanib, har kim ichida sano duosi (Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta'ala jadduka va laa ilaha g'oyruk)ni o'qiydi.
4. So'ngra imom uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo'llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so'ng qo'llar bog'lanadi.
5. Imom “Fotiha” surasini va zam sura o'qiydi. So'ng takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
6. Shundan so'ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o'qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.
7. To'rtinchi takbirda qo'l ko'tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.
8. So'ngra “Attahiyyot”, “Salavot” va “Duo” o'qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.
Alloh ibodatlaringizni O'z dargohida qabul etsin!
Davron NURMUHAMMAD
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @Muftiy_Nuriddin_domla |@diniysavollar
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.
So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.