Qaffol Ash-Shoshiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ash-Shoshiy (904-976) – islom olimi, muhaddisi va tilshunosidir. U Hazrati Imom nomi bilan taniqli bo‘lgan.

Qaffol Ash-Shoshiy mashhur musulmon ilohiyotchilari va olimlari Imom al-Buxoriy va Muhammad at-Termiziylarning shogirdi va ma’naviy vorisi hisoblangan. Musulmon diniga chuqur e’tiqod qilgan olim Makkani bir necha bor ziyorat qilgan. Vafotidan so‘ng Toshkentda uning qabri ustida maqbara barpo etilgan bo‘lib, u hozirga qadar musulmonlar tomonidan ziyorat qilinadi.
Qaffol Ash-Shoshiyning asarlari bugunda ham qayta nashr etilmoqda. 2007 yilda Bayrutning Dar al-Kutub al-'Ilmiyah (Livan) nashriyoti tomonidan islom fiqhi bo‘yicha “Mahasinu shariat” kitobi chop etildi.
Maqbaraning 10-asrga oid birinchi binosi ham saqlanib qolgan. Sag‘ana birlamchi shaklida saqlanmagan.
Maqbara bu shaklda xonning o‘sha paytdagi me’mori G‘ulom Husayin tomonidan 1542 yilda qurilgan. U asimmetrik gumbazsimon maqbara – honaqodan iborat. Honaqo ziyoratchilarga turar joy sifatida ham berishga mo‘ljallangan. Maqbaraning yonida Qaffol Shoshiyning izdoshi bo‘lgan Xoja Ahror yashagan uy ham saqlanib qolgan.
Ushbu yodgorlik katta tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lib, Hazrati Imom majmui tarkibiga kiradi.
2007 yilda maqbara qayta ta’mirlangan.
Manzil: Zarqaynar ko‘chasi, Chorsu bozoridan sharqda, Hazrati Imom maydoni yaqinida.

Kiyinish talablari: O‘zbekistonda ayollar diniy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishda tananing ochiq qismlarini (yelkalar, orqa va oyoqlar) yopib yurishi maqsadga muvofiq.
00:00 Xabarlar
01:00 Diniy soha rahbarlari mahallalardagi targ‘ibot va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
02:17 Muftiy hazratlari Saudiya Arabistonining yangi elchisi bilan muloqot qildilar
03:05 “Discover Pakistan” telekanalida O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etildi
04:07 O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘qituvchilari Al-Azharda malaka oshirdi
05:06 O‘zbekistonlik imom-xatiblar Birlashgan Arab Amirliklarida
06:06 O‘zbekistonda vaqf tizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
07:05 Qabul jarayonida qilingani murojaatlar amaliy yechim topmoqda
08:05 Joylarda diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
08:32 Bog‘otda "Erali eshon bobo" masjidi yangi binosi ochildi
09:40 To‘rtko‘l tumanida «Mahalla obodligi va mehr-shafqat oyligi» tadbiri o‘tkazildi
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati