Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Noyabr, 2026   |   27 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
07:01
Peshin
12:12
Asr
15:30
Shom
17:15
Xufton
18:30
Bismillah
07 Noyabr, 2026, 27 Jumadul avval, 1448

Makkada qardosh ulamolar uchrashdi

25.06.2023   995   1 min.
Makkada qardosh ulamolar uchrashdi

? Shu yil 24 iyun' kuni Makka shahrida O'zbekiston, Qozog'iston, Turkiya va Qirg'iziston ulamolari muloqot qildilar. Qozog'iston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu yig'ilishda bosh muftiy Navro'zboy hoji Tag'anuli, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, muftiy doktor Ali Erbosh, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Jaloliddin domla Hamroqulov turkiy xalqlarning do'stu birodarligi, ittifoqligi hamda ayni kunlardagi haj mavsumi haqida so'z yuritdilar.

#Haj2023

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @Muftiy_Nuriddin_domla  | @mp3muslim | @diniysavollar

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Haj – 2027”: O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonidagi nufuzli anjumanda ishtirok etadi

06.11.2026   32322   1 min.
“Haj – 2027”: O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonidagi nufuzli anjumanda ishtirok etadi

Shu yilning 7–11 noyabr kunlari O‘zbekistonning delegatsiyasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Haj xizmatlari xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida qatnashadi. Shuningdek, muborak safarni yuqori darajada o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalar yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar olib boriladi.

Mazkur delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zakirov, “Haj” va “Umra” bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy hamda bir qator soha mutaxassislari o‘rin olgan.

Ushbu anjumanning asosiy o‘ziga xosligi — ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqishdir. Xususan, tadbirda haj safarini tashkil etishda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt imkoniyatlari va ilg‘or innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi kutilmoqda.

Safar davomida «Haj–2027» mavsumini yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida delegatsiyamiz tomonidan bir qator muhim vazifalar amalga oshiriladi:

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati bilan bo‘lajak mavsumga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan muzokaralar olib borish;

Bo‘lg‘usi hojilarimiz uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar va transport xizmatlarining sifatini bevosita ko‘zdan kechirish;

Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ziyoratchilarga yaratiladigan shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish;

Haj jarayonlariga mas’ul bo‘lgan boshqa hamkor idoralar bilan o‘zaro aloqalarni muhokama qilish va mustahkamlash;

Haj safarini tashkil etishdagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv-seminarlarida ishtirok etish.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari