Hosid har kuni kimnidir chaqib turmasa, hasad qilmasa turolmaydi. Bu shunday dardki, o‘zi birovga qishda qor bermaydi, o‘zgalar berganini esa ko‘rolmaydi. Goho o‘ziga-o‘zi hasad qilur, bu dardga uni kibru havo solur. Hasad zahrini solishga kimsa topilmasa, o‘zini-o‘zi chaqur. Naqadar ayanchli!
Dunyoda yurak xastaligidan og‘riganlarning aksari hasad sabab ushbu dardga yo‘liqadi, yorug‘ olam nuriga hasad-la boqib, jon taslim qiladi.
Allohning qudrati bilan chayonning bolalari o‘z onalarini yeb kattarar ekan. Hasad ham, hasadchini yeb bitirar ekan.
Ey aziz farzand! O‘zingni hasaddan saqla, hasad shunday dardki, u go‘yo achchiq alaf kabidir, u alaf asalga qo‘shilsa, uning ta’mi va rangini buzadi. Hasad qalbning va imonning kushandasidir. Bu dunyoda havas bilan yashagin, hasad bilan emas. Shunda orzuingdagi baxtga erishasan.
Ilonu chayondek chaqma har kimni,
Bolasi chayonni yeydi qilib yem.
Qalbingda to‘plasang lim-lim hasadni,
Bir kun kelib, o‘zing yig‘laysan yum-yum.
O‘MI Matbuot xizmati
Mir Arab oliy madrasasi Axborot-resurs markazi xodimlari To‘raxon Muzrabov “Mir Arab” madrasasiga hamda Zarina Mo‘minova “Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar madrasalarining Axborot-resurs markazi fondida bo‘lishdi.
Mir Arab madrasasi ARM bo‘limi rahbari Muso Saitov hamda “Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar madrasasi ARM bo‘limi bosh mutaxassisi Gulshan Shomurotovalar Oliy madrasa xodimlariga o‘z ta’lim muassasasi kutubxonalarida yaratib berilgan shart-sharoitlar, yangi adabiyotlar bilan boyitilib borilyotgani hamda bo‘limda olib borilayotgan hujjat ishlarini tanishtirib o‘tdilar.
So‘ngra Oliy madrasa va ikki ta’lim muassasasi ARM xodimlari kutubxonalar faoliyatini o‘zaro tajriba va amaliy hamkorlik asosida rivojlantirishga, talabalar ushbu kutubxonalarda mavjud adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida kelishib oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati