So'nggi yillarda Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarga qulay sharoitlar hozirlash maqsadida aqlli robotlardan keng foydalanishni yo'lga qo'ydi. Hususan, yaqinda Ka'batullohda Ka'bapo'sh haqida gapiruvchi robot texnologiyasini joriy etdi.
IQNA sayti ma'lumotiga ko'ra ko'ra, Masjid al-Harom va Masjid an-Nabaviy Bosh boshqarmasi “Tvitter”ga Ka'ba kisvasini saqlash va uni o'rnatish haqida ma'lumot beradigan, Qirol Abdulaziz muzeyiga tashrif buyuruvchilarni kutib olayotgan robot videosini joylashtirdi.
Bu robot ziyoratchilarga arab, ingliz, frantsuz, rus, fors, turk, malay, urdu, xitoy, bengal va hausa tillarida muzey haqida tushuncha beradi.
Masjid al-Harom va Masjid an-Nabaviy Bosh boshqarmasi rahbari Abdurrahmon As-Sudays ta'kidlashicha, haj vaqtida ziyoratchilar uchun yangilangan xizmatlar qatorida eng yangi texnologiyalar va sun'iy intellekt mexanizmlaridan foydalanish yo'lga qo'yildi. Shunday qilib, ziyoratchilar tajribasini boyitish, haj ibodatlarining qulay va oson bajarilishini ta'minlash uchun aqlli robotlar va elektron dasturlardan foydalanilmoqda.
O'MI Matbuot xizmati
10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.