Ba’zi ota-onalar farzandining yësh bŭlishiga qaramaĭ, uyali telefondan bemalol foĭdalana olishini kŭrib, xursand bŭlishini aĭtadi. Lekin ularning kŭpi bolalari telefon orqali nimalar bilan mashg‘ulligini bilmaĭdi, tŭg‘rirog‘i, nazorat qilmaĭdi. Bolakaĭ esa qŭlida telefon, istagan, qiziqqan ma’lumotlarini ŭrtoqlaridan kŭchirib olishi va undan zavqlanishi mumkin. Shu tariqa, telefonga tushgan har xil bema’ni, yëshiga mos bŭlmagan ma’lumotlar ham bolaning ongini zaharlamoqda.
Ma’lumotlarga kŭra, hozirgi kunda uyali telefon orqali hayësiz tasvirlarni tarqatish tez rivojlanmoqda. Bu esa dunë mamlakatlarini jiddiĭ tashvishga solyapti. Qator davlatlar jamiyatda, aĭniqsa, yëshlar orasida odob-axloq me’ërlarining buzilishiga ĭŭl qŭĭmaslik maqsadida keskin choralarni qŭllashga majbur bŭlmoqda.
Xitoĭ hayësiz mahsulotlarni tarqatishga qarshi keng qamrovli kurash harakatlarini boshlab yubordi.
Avstraliyada esa hayësiz mahsulotlarning tarqatilishi qat’iĭ taqiqlanib, bu borada maxsus qonun qabul qilingan.
Maktab ŭquvchilarini tarmoqqa ulashda apparatning turiga qarab, belgilangan me’ërlar asosida faqat oddiĭlariga ulash kerak. Ya’ni, ularda kamera, diktofon, flesh karta, "bluetooth" bŭlmasligi kerak. Ŭquvchilarga faqat kirish chiqish qŭng‘iroqlarini qabul qiluvchi va xabar ĭŭllovchi apparatlardangina foĭdalanishga ruxsat berish lozim.
Bugungi hayëtni internetsiz tasavvur qilish qiĭin. Shubhasiz, internet davrimizning eng buyuk ixtirolaridan biri. Katta-kichik, har kim uning xizmatidan foĭdalanishi mumkin. Biroq gap kim qandaĭ foĭdalanishiga bog‘liq. Hozir tŭrtbesh yashar bola ham kompyuterdan bemalol foĭdalanishi, ertadan kechgacha “avtopoĭga” ŭĭnashi yëki “jangari film ishtirokchisi”ga aĭlanishi mumkin. Bir qarashda buning yëmon joĭi ĭŭqdek. Biroq bu narsa odat tusiga kirsa, noxush oqibatlarga olib kelishi hech gap emas.
Agar ŭtgan asrning 90-ĭillarida yëshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va telekŭrsatuvlar kŭrish bŭlsa, aĭni kunda kompyuter va internet oldingi qiziqishlarni yësh avlod hayëtidan siqib chiqardi. Hozirgi zamon yëshlari qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida sŭz yuritganida, sport, dŭstlar bilan suhbatlashish, ma’naviĭ va madaniĭ hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari va internetga bŭlgan qiziqishlarini birinchi ŭrinda tilga oladi.
Sŭnggi ilmiĭ tekshiruvlar natijalariga kŭra, butun dunë tarmog‘iga ulanayëtgan yësh bolalarning soni soat saĭin oshmoqda. 2007 ĭil Yevropada ŭsib kelayëtgan yësh avlod vakilining uchdan bir qismi onlaĭn tizimida bŭlishi kuzatildi. 2010 ĭil dunë tarmog‘ida 10 million yëshlar “saĭr qilgan” bŭlsa, hozir ularning soni allaqachon 20 millionga yetgan. Kundan kunga internetdan foĭdalanuvchi oilalalar, farzandlar soni kŭpaĭmoqda. Bundaĭ yëshlarning katta qismi – 4,5 milliondan ortig‘i Buyuk Britaniyaga tŭg‘ri keladi. Ular har kuni elektron manzillarini tekshiradi, turli xil saĭtlardan ma’lumot izlaĭdi va chat orqali muloqotda bŭladi. Germaniyada hozircha 3 milliondan va Fransiyada 1,5 milliondan ortiq yëshlar vaqtini asosan onlaĭn tizimida ŭtkazadi.
Yana bir muhim ma’lumot: “Bolalarni asraĭlik” (Save the Children) xalqaro huquqiĭ tashkiloti ŭtkazgan sŭrovnomalar natijasidan ma’lum bŭldiki, AQSHdagi 1517 yashar ŭsmirlarning 85 foizi, Kanada yëshlarining 93 foizi muntazam ravishda internetdan foĭdalanadi.
Darhaqiqat, bugun internetdan foĭdalanuvchilarning deyarli barchasi yëshlarni tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalaridan shu ma’lum bŭldiki, hozir maktab yëshidagi bolalar ham internetdan tobora erta foĭdalanmoqda.
Yëshlarning internetdan foĭdalanishi haqida sŭz yuritar ekanmiz, yuqorida tilga olingan holat – internetdagi tanishuvlar, SMS, chatlarga tŭxtalib ŭtamiz. Alohida ta’kidlash joizki, bundaĭ internet aro yëzishuvlar yëshlar ŭrtasida bugun keng ommalashib bormoqda, asta-sekinlik bilan chatga kirgan yëshlar asosiĭ vaqtini yëzishmalarga sarflab, SMSlarga, bu orqali internetga mukkasidan ketmoqda. Amerikalik tadqiqotchilarning ogohlantirishlaricha, SMSga bundaĭ mukkadan berilish ŭsmirlar sog‘lig‘i, shuningdek, xulqatvori bilan aloqador bŭlishi mumkin ekan.
Tadqiqot ŭtkazilgan yëshlardan 20 foizi SMSga “ŭta mukkasidan ketganlar” toifasiga kirib, kuniga 120 dan kŭproq xabar jŭnatar ekan. Ular orasida, shuningdek, spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish, giyëhvandlik va shahvoniĭ amallarga berilish ham kŭp uchrar ekan.
Internetdagi ijtimoiiĭ tarmoqlarda kuniga uch soatdan kŭproq ŭtirgan ŭsmirlar orasida ham shunga ŭxshash holatlar qaĭd etilgan. Ushbu tadqiqot shundan dalolat beradiki, SMSga, internet ijtimoiĭ tarmoqlariga berilib ketish holatini nazardan qochirish ŭsmirlar sog‘lig‘iga xavfli ta’sir ŭtkazishi mumkin. Ana shu holat SMS yë internet ijtimoiĭ tarmog‘idan haddan tashqari kŭp foĭdalanuvchilarning ichkilik va tamakiga kŭproq berilib ketishi sabablariga ham oĭdinlik kiritadi.
Olimjon KARIMOV
Peshku tumani “Xo‘ja Peshku”
Jome masjidi imom-xatibi
Iordaniyaning nufuzli “The Jordan Times” nashrida 24–29 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro media forumi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maqolada yozilishicha, tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, yetakchi ekspertlar va media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.
O‘zbekistonning Iordaniyadagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu forum dasturidan yalpi majlislar, media ko‘rgazmalar, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Uchrashuvlarda hujjatli kino va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari va zamonaviy texnologiyalar, xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media ishlab chiqarish va xalqaro axborot makonida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha tajriba almashadi.
Nashrda qayd etilishicha, forum ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga sayohat qilishadi. Safar doirasida mehmonlar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, shaharning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadi. Shuningdek, Toshkentda xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus mediatur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forum 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan yakunlanadi. Mehmonlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati