Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Ogoh bo‘lgan, abgor bo‘lmas!

25.07.2018   6291   5 min.
Ogoh bo‘lgan, abgor bo‘lmas!

Ba’zi ota-onalar farzandining yësh bŭlishiga qaramaĭ, uyali telefondan bemalol foĭdalana olishini kŭrib, xursand bŭlishini aĭtadi. Lekin ularning kŭpi bolalari telefon orqali nimalar bilan mashg‘ulligini bilmaĭdi, tŭg‘rirog‘i, nazorat qilmaĭdi. Bolakaĭ esa qŭlida telefon, istagan, qiziqqan ma’lumotlarini ŭrtoqlaridan kŭchirib olishi va undan zavqlanishi mumkin. Shu tariqa, telefonga tushgan har xil bema’ni, yëshiga mos bŭlmagan ma’lumotlar ham bolaning ongini zaharlamoqda.

Ma’lumotlarga kŭra, hozirgi kunda uyali telefon orqali hayësiz tasvirlarni tarqatish tez rivojlanmoqda. Bu esa dunë mamlakatlarini jiddiĭ tashvishga solyapti. Qator davlatlar jamiyatda, aĭniqsa, yëshlar orasida odob-axloq me’ërlarining buzilishiga ĭŭl qŭĭmaslik maqsadida keskin choralarni qŭllashga majbur bŭlmoqda.

Xitoĭ hayësiz mahsulotlarni tarqatishga qarshi keng qamrovli kurash harakatlarini boshlab yubordi.

Avstraliyada esa hayësiz mahsulotlarning tarqatilishi qat’iĭ taqiqlanib, bu borada maxsus qonun qabul qilingan.

Maktab ŭquvchilarini tarmoqqa ulashda apparatning turiga qarab, belgilangan me’ërlar asosida faqat oddiĭlariga ulash kerak. Ya’ni, ularda kamera, diktofon, flesh karta, "bluetooth" bŭlmasligi kerak. Ŭquvchilarga faqat kirish­ chiqish qŭng‘iroqlarini qabul qiluvchi va xabar ĭŭllovchi apparatlardangina foĭdalanishga ruxsat berish lozim.

Bugungi hayëtni internetsiz tasavvur qilish qiĭin. Shubhasiz, internet davrimizning eng buyuk ixtirolaridan biri. Katta-kichik, har kim uning xizmatidan foĭdalanishi mumkin. Biroq gap kim qandaĭ foĭdalanishiga bog‘liq. Hozir tŭrt­besh yashar bola ham kompyuterdan bemalol foĭdalanishi, ertadan­ kechgacha “avtopoĭga” ŭĭnashi yëki “jangari film ishtirokchisi”ga aĭlanishi mumkin. Bir qarashda buning yëmon joĭi ĭŭqdek. Biroq bu narsa odat tusiga kirsa, noxush oqibatlarga olib kelishi hech gap emas.

Agar ŭtgan asrning 90-ĭillarida yëshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va telekŭrsatuvlar kŭrish bŭlsa, aĭni kunda kompyuter va internet oldingi qiziqishlarni yësh avlod hayëtidan siqib chiqardi. Hozirgi zamon yëshlari qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida sŭz yuritganida, sport, dŭstlar bilan suhbatlashish, ma’naviĭ va madaniĭ hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari va internetga bŭlgan qiziqishlarini birinchi ŭrinda tilga oladi.

Sŭnggi ilmiĭ tekshiruvlar natijalariga kŭra, butun dunë tarmog‘iga ulanayëtgan yësh bolalarning soni soat saĭin oshmoqda. 2007 ĭil Yevropada ŭsib kelayëtgan yësh avlod vakilining uchdan bir qismi onlaĭn tizimida bŭlishi kuzatildi. 2010 ĭil dunë tarmog‘ida 10 million yëshlar “saĭr qilgan” bŭlsa, hozir ularning soni allaqachon 20 millionga yetgan. Kundan kunga internetdan foĭdalanuvchi oilalalar, farzandlar soni kŭpaĭmoqda. Bundaĭ yëshlarning katta qismi – 4,5 milliondan ortig‘i Buyuk Britaniyaga tŭg‘ri keladi. Ular har kuni elektron manzillarini tekshiradi, turli xil saĭtlardan ma’lumot izlaĭdi va chat orqali muloqotda bŭladi. Germaniyada hozircha 3 milliondan va Fransiyada 1,5 milliondan ortiq yëshlar vaqtini asosan onlaĭn tizimida ŭtkazadi.

Yana bir muhim ma’lumot: “Bolalarni asraĭlik” (Save the Children) xalqaro huquqiĭ tashkiloti ŭtkazgan sŭrovnomalar natijasidan ma’lum bŭldiki, AQSHdagi 15­17 yashar ŭsmirlarning 85 foizi, Kanada yëshlarining 93 foizi muntazam ravishda internetdan foĭdalanadi.

Darhaqiqat, bugun internetdan foĭdalanuvchilarning deyarli barchasi yëshlarni tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalaridan shu ma’lum bŭldiki, hozir maktab yëshidagi bolalar ham internetdan tobora erta foĭdalanmoqda.

Yëshlarning internetdan foĭdalanishi haqida sŭz yuritar ekanmiz, yuqorida tilga olingan holat – internetdagi tanishuvlar, SMS, chatlarga tŭxtalib ŭtamiz. Alohida ta’kidlash joizki, bundaĭ internet aro yëzishuvlar yëshlar ŭrtasida bugun keng ommalashib bormoqda, asta­-sekinlik bilan chatga kirgan yëshlar asosiĭ vaqtini yëzishmalarga sarflab, SMSlarga, bu orqali internetga mukkasidan ketmoqda. Amerikalik tadqiqotchilarning ogohlantirishlaricha, SMSga bundaĭ mukkadan berilish ŭsmirlar sog‘lig‘i, shuningdek, xulq­atvori bilan aloqador bŭlishi mumkin ekan.

Tadqiqot ŭtkazilgan yëshlardan 20 foizi SMSga “ŭta mukkasidan ketganlar” toifasiga kirib, kuniga 120 dan kŭproq xabar jŭnatar ekan. Ular orasida, shuningdek, spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish, giyëhvandlik va shahvoniĭ amallarga berilish ham kŭp uchrar ekan.

Internetdagi ijtimoiiĭ tarmoqlarda kuniga uch soatdan kŭproq ŭtirgan ŭsmirlar orasida ham shunga ŭxshash holatlar qaĭd etilgan. Ushbu tadqiqot shundan dalolat beradiki, SMSga, internet ijtimoiĭ tarmoqlariga berilib ketish holatini nazardan qochirish ŭsmirlar sog‘lig‘iga xavfli ta’sir ŭtkazishi mumkin. Ana shu holat SMS yë internet ijtimoiĭ tarmog‘idan haddan tashqari kŭp foĭdalanuvchilarning ichkilik va tamakiga kŭproq berilib ketishi sabablariga ham oĭdinlik kiritadi.

 

Olimjon KARIMOV

Peshku tumani “Xo‘ja Peshku”

Jome masjidi imom-xatibi

 

 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

"Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi" — Ilhom Aliyev

24.08.2026   9862   2 min.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
 

"Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi", — dedi Ilhom Aliyev.



Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
 

"Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda", — dedi u.



Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
 

"Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi", — dedi Ozarbayjon Prezidenti.


Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.

Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
 

"Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir", — dedi u.



Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investitsiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.

 

VIDEO