Saudiya Arabistonidagi Masjid al-Harom va Masjid-an-Nabaviy ishlari bo'yicha bosh boshqarmasi Haj mavsumi uchun rejalari doirasida Masjid al-Harom masjididagi 35 mingdan ortiq Qur'oni Karim nusxalarini yangisiga almashtirishni e'lon qildi.
IQNA saytining “Tavasol” matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, ko'zi ojizlar uchun Brayl alifbosidagi Qur'on loyihasida Qur'onning turli tillarga, xususan, ingliz, urdu va indonez tillariga tarjimalari Masjid al-Haromdagi Qur'on o'rnini egallagan.
Bu masjidda “Tafsir al-Maysar”, “al-Javomiu” (Qur'on Usmon Toho qo'li bilan yozilgan va oyatlarni o'qishni osonlashtirish uchun katta varaqda) va Molik Fahd majmuasi tomonidan chop etilgan Qur'on nusxalari mavjud.
Baytulloh ziyoratchilarining Qur'oni Karimga kirishini kengaytirish maqsadida Masjid al- Harom va Masjid al-Nabaviy ishlari bosh boshqarmasi tomonidan javonlar va boshqa tegishli joylarga Qur'oni karimning yangi nusxalari joylashtirildi.
Baytulloh ziyoratchilariga ko'proq xizmat ko'rsatish ushbu dasturning eng asosiy maqsadlaridan biri deb e'lon qilindi.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati