Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

HAJGA KYeTAYoTGAN AYoLLARGA TAVSIYaLAR (2-qism)

16.06.2023   8823   2 min.
HAJGA KYeTAYoTGAN AYoLLARGA TAVSIYaLAR (2-qism)

 Mehmonxonalarda:

 

  1. Madina shahriga borganda mehmonxonalardagi xonalar taqsimotida tartibli bo'lish talab etiladi.
  2. Mehmonxonada oz vaqt bo'lishni, hajga nima maqsadda borishni doim yodda saqlagan holda guruh rahbarining ko'rsatmalariga qat'iy amal qilishi kerak.
  3. Mehmonxonalardagi xonalar ozodaligiga e'tibor berish, suvni isrof qilmaslik, xonalarda taomlanmaslik talab etiladi.
  4. Honadoshlar bilan janjalashmaslik, boshqalarning haqiga hiyonat qilmaslik kerak.
  5. Mehmonxonalarda, Mino, Arofat va Muzdalifada satri avrat qoidalariga amal qilish lozim.

 

Oshxonada:

  1. Oshxonadagi tartib-intizomga qat'iy rioya qilish kerak.
  2. Mehmonxonalardagi oshxonalarda, Mino, Muzdalifa, Arofatda ziyoratchilarga beriladigan mahsulotlarni faqat o'ziga kerakligini olishi, me'yordan oshiq olmaslik, berilayotgan mahsulotlar boshqa ziyoratchilarning haqqi bo'lishi mumkinligini unutmaslik lozim.

 

Masjidga yoki boshqa joylarga ketiladigan bo'lsa:

  1. Har namozga chiqqanda kalitni topshirish shart emas. Butunlay chiqib ketayotganda kalitni topshirish kerak.
  2. Shaxsini tasdiqlovchi beyjik va mehmonxona tashrif qog'ozi (vizitka)si doim yonida olib yurish kerak.
  3. Ibodatlar uchun masjidda qolinadigan bo'lsa yoki boshqa ishlar yuzasidan guruh rahbarini ogohlantirib qo'yish lozim.

 

 "Hajga ketayotgan ayollarga tavsiyalar" risolasidan

 

Haj va umra
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   24209   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV