Savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob beradi.
Savol: Assalomu alaykum. Savolim shuki nikohdan keyin 2 rakat shukrona namoz o‘qish kerak deb eshitdim. Bu namoz qanday o‘qiladi. Tartibi haqida ma’lumot bersangiz iltimos.
Javob: Va alaykum assalom! Bu ixtiyoriy-nafl namoz. Maxsus nomli namoz emas.
Savol: Assalomu alaykum. Namozni tizzadan uzun shortik va futbolkada o‘qisa bo‘ladimi? Shu haqda ma’lumot bering iltimos sizlardan oldindan rahmat.
Javob: Va alaykum assalom! Bo‘ladiyu, makruh bo‘ladi.
Savol: Oshxonada chumolilar juda ko‘payib ketdi doridan so‘ng ham kelayapti, gohida suv bilan idishda o‘ldirishga to‘g‘ri kelayapti bu gunohmi?
Javob: Buning zarari yo‘q.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا أبو عمرو أحمد بن حازم الكوفي نا ثابت بن موسى عن شريك عن حكيم بن جبير عن محمد بن عبد الرحمن بن يزيد عن أبيه عن ابن مسعود - رفعه إلى النبي صلى الله عليه وسلم - قال: ”من سأل عن ظهر غنى جاء يوم القيامة وفي وجهه خدوش أو خموش أو كدوح“ .قيل له: وما الغنى قال: ”خمسون درهما أو قيمتها من الذهب“.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, hadisni Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamga nisbat bergan: “Kim behojat bo‘la turib (sadaqa) so‘rasa, Qiyomat kuni yuzi timdalangan, tirnalgan va shilingan holda keladi”, dedilar.
“Behojatlik qancha?” deyishdi. U zot alayhissalom: “Ellik dirham yoki uning qiymatidagi tilla”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi