Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bu yilgi haj mavsumida “Korona” pandemiyasidan oldingi kabi 57 ta islom davlatlaridan ikki million ziyoratchi kelishini tasdiqladi.
Husayn Toha “ash-Sharq al-Avsat” gazetasiga bergan interv'yusida Saudiya Arabistoni bu yil ziyoratchilarni qabul qilishga tayyorligi doirasida katta sa'y-harakatlarni amalga oshirayotganini ta'kidladi. Haj va Umra vazirligi ziyoratchilar soni o'rtasida kerakli muvozanatni yaratish, ziyoratchilar va muqaddas qadamjolar salohiyati, u erda amalga oshirilayotgan yirik obodonlashtirish loyihalari orqali yaxlit strategik reja doirasida ko'proq ziyoratchilarni qabul qila oladigan infratuzilmani barpo etish ustida ish olib borayotganini qo'shimcha qildi.
Uning aytishicha, “Makka yo'li” tashabbus ochiqdan ochiq bo'lib, u “Nigoh-2030” loyihasining “Rahmon mehmonlariga xizmat ko'rsatish dasturlari” doirasida ziyoratchilarga bir qator qulayliklar hozirlanmoqda. Bular qatorida elektron viza berish tartibini aytish mumkin.
“Makka yo'li” tashabbusi
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha Saudiya Arabistoni hukumati Korona pandemiyasi sababli ikki yillik tanaffusdan keyin 5 yil oldin boshlagan Haj tashabbusini taqdim etishda davom etmoqda. Chunki ziyoratchilar uchun ibodatlarni bajarish safari soatlab bir necha daqiqagacha qisqardi. "Makka yo'li" tashabbusi Saudiya Arabistoni tashabbusi bo'lib, o'z mamlakatlarida ziyoratchilar uchun tartiblarni tugatishdan iborat. Bu yil dasturga Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Marokash va Bangladesh kirdi. Bu yilgi Haj mavsumida undan 225 ming ziyoratchi manfaat ko'radi.
Uning qo'shimcha qilishicha, “Makka yo'li” tashabbusi tashkil etilganidan buyon jami 6 davlat foyda ko'rayotgan bo'lsa, bu tashabbus haj ziyoratini ado etish uchun zarur tartib-qoidalarni bajarish vaqtini qisqartiradi, chunki ziyoratchilarni qabul qilish, ularga vizani elektron shaklda berishdan boshlab, jo'nab ketish zalida pasport tartib-qoidalarini bajarishga oid tartiblar amalga oshiriladi.
Sog'liqni saqlash talablari mavjudligini tekshirilganidan so'ng jo'nab ketayotgan mamlakat aeroportidan, yukni tashish bo'yicha kodlash hamda ziyoratchilar etib kelgach, to'g'ridan-to'g'ri Makkai Mukarrama va Madinai Munavvaradagi o'z mehmonxonalariga borish uchun ajratilgan yo'laklarga o'tadilar, xizmat ko'rsatish agentliklari esa ularning yuklarini uylariga etkazadilar.

O'MI xodimi I. Ahmedov tayyorladi
Pokistonning “Network News Pakistan” elektron nashri “O‘zbekiston turizmi o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi” sarlavhali axborot maqolani e’lon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Unda Butunjahon sayohat va turizm kengashining (World Travel & Tourism Council – WTTC) “Sayohat va turizmning 2026 yilga qadar iqtisodiy ta’sirini o‘rganish” hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda Markaziy Osiyo dunyoning eng tez rivojlanayotgan sayyohlik mintaqasiga aylangani ta’kidlangan.
“WTTC o‘z tadqiqotlarini dunyoni 13 ta yirik mintaqaga bo‘lgan holda olib boradi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo turizm sohasini rivojlantirishning bir nechta asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bu ko‘rsatkichlarning barchasi bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi”, – deyilgan manbada.
Nashrda qayd etilishicha, 2025 yilda turizmning Markaziy Osiyo yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan umumiy hissasi 17,7 foizga, sohaning bevosita hissasi esa 19,6 foizga oshgan. Mintaqada turistik xizmatlar eksporti (visitor exports) yil davomida 26,4 foizga o‘sib, 9,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Mintaqadagi turistik xizmatlar eksporti umumiy hajmining deyarli yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 2025 yilda O‘zbekistonga 4,8 milliard AQSH dollari miqdorida turistik xizmatlarni eksport qilgan. WTTC ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi.
“Umuman olganda, bu ko‘rsatkichlar turizmning mintaqaviy xarakterga ega ekanini anglatadi. Markaziy Osiyo aholisi ko‘pincha o‘z mintaqasi ichida sayohat qiladi”, – deyiladi maqolada.
“Network News Pakistan” WTTC prognoziga tayanib yozishicha, 2036 yilga borib turizm sohasining Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga qo‘shadigan umumiy hissasi 29,7 milliard AQSH dollariga yetadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati