Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Bu yilgi haj mavsumida ikki million ziyoratchi qatnashmoqda

13.06.2023   2635   2 min.
Bu yilgi haj mavsumida ikki million ziyoratchi qatnashmoqda

   Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bu yilgi haj mavsumida “Korona” pandemiyasidan oldingi kabi 57 ta islom davlatlaridan  ikki million ziyoratchi kelishini tasdiqladi.

    Husayn Toha “ash-Sharq al-Avsat” gazetasiga bergan interv'yusida Saudiya Arabistoni bu yil ziyoratchilarni qabul qilishga tayyorligi doirasida katta sa'y-harakatlarni amalga oshirayotganini ta'kidladi. Haj va Umra vazirligi ziyoratchilar soni o'rtasida kerakli muvozanatni yaratish, ziyoratchilar va muqaddas qadamjolar salohiyati, u erda amalga oshirilayotgan yirik obodonlashtirish loyihalari orqali yaxlit strategik reja doirasida ko'proq ziyoratchilarni qabul qila oladigan infratuzilmani barpo etish ustida ish olib borayotganini qo'shimcha qildi.

Uning aytishicha, “Makka yo'li” tashabbus ochiqdan ochiq bo'lib, u “Nigoh-2030” loyihasining “Rahmon mehmonlariga xizmat ko'rsatish dasturlari” doirasida ziyoratchilarga bir qator qulayliklar hozirlanmoqda.  Bular qatorida elektron viza berish tartibini aytish mumkin.

“Makka yo'li” tashabbusi

     Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha Saudiya Arabistoni hukumati Korona pandemiyasi sababli ikki yillik tanaffusdan keyin 5 yil oldin boshlagan Haj tashabbusini taqdim etishda davom etmoqda. Chunki ziyoratchilar uchun ibodatlarni bajarish safari soatlab bir necha daqiqagacha qisqardi. "Makka yo'li" tashabbusi Saudiya Arabistoni tashabbusi bo'lib, o'z mamlakatlarida ziyoratchilar uchun tartiblarni tugatishdan iborat. Bu yil dasturga Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Marokash va Bangladesh kirdi. Bu yilgi Haj mavsumida undan 225 ming ziyoratchi manfaat ko'radi.

Uning qo'shimcha qilishicha, “Makka yo'li” tashabbusi tashkil etilganidan buyon jami 6 davlat foyda ko'rayotgan bo'lsa, bu tashabbus haj ziyoratini ado etish uchun zarur tartib-qoidalarni bajarish vaqtini qisqartiradi, chunki ziyoratchilarni qabul qilish, ularga  vizani elektron shaklda berishdan boshlab, jo'nab ketish zalida pasport tartib-qoidalarini bajarishga oid tartiblar amalga oshiriladi.

    Sog'liqni saqlash talablari mavjudligini tekshirilganidan so'ng jo'nab ketayotgan mamlakat aeroportidan, yukni tashish bo'yicha kodlash hamda ziyoratchilar etib kelgach, to'g'ridan-to'g'ri Makkai Mukarrama va Madinai Munavvaradagi o'z mehmonxonalariga borish uchun ajratilgan yo'laklarga o'tadilar, xizmat ko'rsatish agentliklari esa ularning yuklarini uylariga etkazadilar.  

O'MI xodimi I. Ahmedov tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Zeki Kaymaz: Kelgusi o‘n yil ichida O‘zbekistonni turkiy dunyoda yorqin yulduz sifatida ko‘raman

21.08.2026   66898   2 min.
Zeki Kaymaz: Kelgusi o‘n yil ichida O‘zbekistonni turkiy dunyoda yorqin yulduz sifatida ko‘raman

Turk tili instituti Ilmiy kengashi a’zosi, filolog olim, professor Zeki Kaymaz O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– Avvalo, O‘zbekiston xalqini istiqlolning 35 yilligi munosabati bilan chin ko‘ngildan tabriklayman. O‘ttiz besh yil oz vaqt emas. Men yuz yildan oshgan mustaqil Turkiya fuqarosi sifatida Sizlarga ham yana ko‘p asrlar mustaqillik shodiyonasini nishonlashingizni tilayman.

Tarixga nazar tashlasak, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelganmiz. Ayniqsa, Turkiyadagi milliy ozodlik kurashi davrida bizga bu diyordan jo‘natilgan ko‘makni doimo katta minnatdorlik bilan yodga olamiz.

Qardosh o‘zbek xalqi biz uchun doimo yaqin birodar, qalin do‘st bo‘lib kelgan. O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti bizni juda mamnun qiladi. Ushbu zaminga har borganimda go‘zal va obod mamlakatni ko‘ramaz. Yurtingizda madaniyat va ma’rifat o‘choqlari bisyor. Albatta, bu tamaddun va sivilizatsiyaning ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

Markaziy Osiyodagi ilk o‘rta asrlardagi Birinchi renessans hamda Amir Temur asos solgan Ikkinchi renessans davrlarida bu zaminda buyuk sivilizatsiya shakllandi. Toshkentda bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Imom Moturidiy ziyoratgohi kabi madaniy-ma’naviy maskanlar islom olamida muhim ahamiyatga ega.

Geostrategik mavqei nuqtayi nazaridan, men kelgusi o‘n yil ichida O‘zbekistonni turkiy dunyo, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari orasida yorqin yulduz sifatida ko‘raman.

Buning sabablari bor, albatta. Avvalo, mamlakatdagi kuchli iqtisodiyot. Qolaversa, chuqur ildizlarga ega bo‘lgan boy madaniyat va tarix. Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va yaqin hamkorlik aloqalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tilagim – do‘stlik rishtalarimiz yanada mustahkamlansin, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yuqori darajaga ko‘tarilsin.

Yana bir bor mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman va o‘zbek xalqiga samimiy salomlarimni yo‘llayman.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari