frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Minnatdorlik hissi

27.06.2018   6474   2 min.
Minnatdorlik hissi

O‘z uyingni o‘zing asra...

Toshkent shahar Yunusobod tumani “Minor” mahallasida uch yarim ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Yurtboshimiz farmoniga binoan, mahallalarda xotin-qizlar bilan alohida ishlovchi bitta mutaxassis faoliyat ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi. Bu farmonda agar mahallada ayollar soni 2000dan ortiq bo‘lsa, ikkita mutaxassis ishlashi nazarda tutilgan. Bu farmon ijrosi bo‘yicha mahallamizda rejalar ishlab chiqilmoqda.

Ish rejamizga binoan bir safar xotin-qizlar bilan ishlash va oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash mutaxassisi Gulnora Shakirjonova bilan navbatdagi oiladan xabar olish uchun bordik.

Uy sohibasi Hakima opa (ismlari o‘zgartirildi) yoshlari ulug‘, katta oilaning nuroniy maslahatgo‘yi ekanlar. Hikoyalarini qisqacha keltiraman:

“To‘g‘risini aytay, darvoza qo‘ng‘irog‘i chalinsa, bezovta bo‘ladigan bo‘lib qoldim, negaki, yana “Sizlar diniy oqimga kirganlar ro‘yxatida turasizlar” degan gap miyamga tok kabi uriladi. U oqimga kirish u yoqda tursin, o‘sha maxsus ro‘yxatda turish men uchun ulkan qo‘rquv. Eshik jiringlasa, nafaqat o‘zim, kelin va nevaralarim ham jovdirab menga termiladigan xuddi qachongacha bunday xavotirda yashaymiz, deyayotgandek bo‘lardi...

Shu taxlit ancha yillar o‘tdi. To‘g‘risi qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlar oldida xijolat chekadigan, yig‘in-davralarga qo‘shilolmaydigan bo‘lib qoldik...”

Onaxonning hikoyasi anchayin og‘ir bo‘lib, uning ko‘zlarida o‘sha kunlarning og‘ir izlari, ovozida esa qandaydir o‘kinch-dard zohir edi. U jondan aziz nevaralarining onasi bo‘lgan kelinlari uchun kuyinardi.

Onaxon to‘rt o‘g‘il farzandlarini oliy ma’lumotli qilib, 15 nevara 10 evaraning buvijonisi ekanlar, ammo...

– Mana, onaxon, muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan shunday ulug‘ kunlarga yetishdingiz, endi nimalar haqida o‘ylayapsiz?

– Avvalo, ming rahmat shu odil yurtboshimizga! Biz kabi onalarning ohini eshitdilar, adolatni qaror toptirdilar. Uzoq yillar kutubxonada ishladim. Xalqqa kitoblar orqali ziyo ulashdim. Ikkala kelinim ham mehnatkash, xalq xizmatida. Ro‘zg‘orlari tinch, hayotlari yana o‘z iziga tushdi. Chehralari yorishib, har kun  adolatli qaror uchun davlatimizdan minnatdor bo‘lib, duoda yashayapmiz.

Biz bu oila ostonasidan uzoqlashar ekanmiz, bilib-bilmay qilgan gunohlari afv qilingan yoxud qandaydir adashuv natijasi o‘laroq “aybdor” bo‘lib qolgan hamyurtlarimiz boshidan qora bulut arigani rostligiga quvondik.

 

Dilorom KARIMOVA

O‘MI matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Bomdodning sunnatini uyda o‘qisa bo‘ladimi?

29.06.2026   2342   1 min.
Bomdodning sunnatini uyda o‘qisa bo‘ladimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:

إذا أقيمت الصلاة فلا صلاة إلا المكتوبة

“Qachon namozga takbir (iqomat) aytilsa, farz namozidan boshqa namoz yo‘qdir”, degan so‘zlari bomdod namozining sunnatidan boshqa namozlarga tegishli deb hisoblanadi.

Bu ikki rakat (sunnat)ni uyda o‘qish afzaldir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

من صلى ركعتي الفجر في بيته يوسع له في رزقه ويقل المنازع بينه وبين أهل بيته ويختم له بالإيمان


“Kim bomdodning ikki rakat sunnatini uyida o‘qisa, uning rizqi kengaytiriladi, u bilan ahli ayoli (oilasi) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar kamayadi va umri iymon bilan xotimalanadi”.

Bu ikki rakatni tong otishi bilan bilanoq (vaqti kirishi zahoti) o‘qish mahbubdir (yaxshiroqdir). Ba’zilar esa farz namoziga yaqin vaqtda o‘qish afzal, deyishgan.
 
Manba: “Maroqil-falah”.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV