Savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob beradi.
Savol: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Savolim quyidagicha: er kishining ayoli ko‘zi yoriganiga 40 kun bo‘lmagan bo‘lsa ham yaqinlik qilsa bo‘ladimi?
Javob: Va alaykum assalom. Agar farzand ko‘rganidan keyingi qon qirq kunga yetmasdan to‘xtasa mumkin.
Savol: Assalomu alaykum. Telefonda azon eshitsa, eshitgan odam azon aytmasdan namoz boshlashi mumkinmi?
Javob: Va alaykum assalom. Yo‘q mumkin emas.
Savol: Assalomu alaykum. Men yaqinda uylanganman. Har gal ayolim bilan yaqinlik qilishdan avval tahoratli bo‘lishim shartmi, yoki bismillah va duosini o‘qib birga bo‘lsam bo‘laveradimi?
Javob: Va alaykum assalom. Bo‘laveradi.
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.