Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Avgust, 2026   |   7 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:37
Peshin
12:26
Asr
17:15
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
20 Avgust, 2026, 7 Rabi`ul avval, 1448

Hayit kuni nafl ro‘za tutsa bo‘ladimi?

13.06.2018   62014   1 min.
Hayit kuni nafl ro‘za tutsa bo‘ladimi?

Savol: Qaysi kunlari nafl ro‘za tutish makruh bo‘ladi?

Javob: Ashuro kunida (Muharram oyi­ning o‘ninchi kuni) to‘qqizinchi yo o‘n birinchi kunini qo‘shmay ikkala hayit kuni va tashriq kunlari (qurbon hayitidan keyingi uch kun), faqat juma kuni, faqat shanba kuni ro‘za tutish makruh bo‘ladi. Lekin kunora ro‘za tutish­ni odat qilib olgan kishilar uchun u ikki kunda nafl ro‘za tutish makruh bo‘lmaydi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sal­lam): «Al­loh taologa eng sevikli ro‘za Dovud (alay­his­sa­lom)­ning ro‘zasidir. Dovud (alay­his­sa­lom) bir kun ro‘za tutar, bir kun tutmas edi­lar», degan­lar (Imom Termiziy rivoyati).

Shuningdek, shak kuni ro‘za tutish ham mak­ruhdir.

"So‘ragan edingiz" kitobi asosida tayyorlandi
O‘MI Matbuot xizmati

Ramazon-2018
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   30431   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV