Jonon Qoratoy qovun-tarvuzga urush ochdi, qurtlagan mevaga ishorat qildi
Ichki kasalliklar va kardiologiya mutaxassisi professor, doktor Jonon Qoratoy Ramazon hayiti munosabati bilan tayyorlanadigan shirinliklar haqida gapirar ekan, yoz mevalaridan qaysi birida qurt bo‘lsa, o‘sha mevani yeyishni tavsiya qildi.
“Bayramda shirinlik o‘rniga pista, yong‘oq, yeng”
Ramazon hayiti to‘g‘risida so‘z yuritgan Qoratoy, jumladan, bunday dedi: Yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayitining yana bir nomi “Shirinlik bayrami”dir. Hozirdanoq bayramga atab shirinliklar pishirish boshlandi.
Har bir kishiga bayramni yaxshi o‘tkazishini tilayman. Ammo shirinlik yemasliginigizni istayman. Chunki unda sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazadigan jo‘xori siropi bor. Jo‘xori siropi tarkibidagi shakar oq shakardan ko‘ra hujayralarimizni yetti barobar ko‘p buzadi, jigarimizni yog‘lantiradi. Agar semiz bo‘lsangiz, qon bosimingiz bo‘lsa, qand kasalligingiz bo‘lsa, shakar qo‘shilgan hech narsa yemasligingizni maslahat beraman.
Bizda albatta bayramda shirinlik ulashiladi, bu – azaliy an’anamiz. Ammo ikrom etdi – yemasak ayb bo‘ladi, deyish bo‘lmaydi. Zero, har kim o‘z sog‘ligi uchun o‘zi qayg‘urishga majbur. Ramazon bayramida shirinlik o‘rniga pista, yong‘oq ikrom etsinlar. Anjir, o‘rik qoqi va danakli mayiz sog‘likka foydali shirinliklardir. Bolalarga ham shirinlik tarqatish o‘rniga ana shularni bersinlar. Shakar – eng shirin zahardir. Bayramimizni zaharlamaylik.
“Eng foydali meva qurtlagan olma”
Yozda turli-tuman mevalar pishib qoladi. Tarvuzni pishloqqa qo‘shib yeyuuvchilar ham bo‘ladi... mevasiz kuni o‘tmaydiganlarga nima deysiz?
Men tarvuz parhezi nima ekanini bilmayman. Ammo tarvuz, qovun triglitserid degan xatarli yog‘larni ko‘paytiradi, qonda siydik kislotasini oshiradi. Bu gaplarni havodan olib gapirmayapman, bemorlarning ahvolidan kelib-chiqib aytyapman. Ammo, albatta, qurtlagan olma yeng, qishloq xo‘jalik kimyosi zaharlariga to‘yingan mevalarni yemang deyman. Qovun, tarvuzning suvi shakardir. Qand kasalingiz bo‘lsa, ichki kasalligingiz bo‘lsa. bu kasalliklaringiz yanada kuchayadi va jigaringiz, qorningiz, tomog‘ingiz, hamma joyingizni yog‘lantirasiz. Eng foydali meva qurt tushgan olma va zaytundir.
Mevasiz kun o‘tmaydi-ku yozda... gilos, qulupnay...shundaymi?..
Xorijda e’lon qilingan bir maqolada kichik yoshdanoq semirib ketish bolaning o‘qishiga va hofizasining buzilishiga sabab bo‘ladi, deyiladi. Vaqti-vaqti bilan yesangiz bo‘ladi ularni. 1950 yilda Amerikada mevalar ustidan tadqiqot o‘tkazilganda bir dona olmada 4,5 milligram temir moddasi borligi ayon bo‘lgan edi. Ammo ayni tadqiqot 1998 yilda o‘tkazilganda 26 ta olma yeganda 0.18 milligram temir olinishi ma’lum bo‘ldi. O‘shandan beri yana yigirma yil o‘tdi – olma tarkibida bugun qancha temir moddasi qoldi – Xudo biladi uni. Bugun meva yegan odam faqat fruktoza bilan oziqlanadi va butun kasalliklarning sababchisi shu o‘zi. Shuning uchun yemang demoqdaman. Yemasangiz nima bo‘ladi?.. Qurtni topsangiz yeysiz mevani. Fruktoza qorinda yong‘in sodir qiladi. Bundan tashqari uning tarkibida qishloq xo‘jalik kimyosining zaharlari bor... Jami kasalliklarning manbasi ana o‘sha kimyoviy dorilardir: yurak, autizm, parkinson, altsgemer xastaliklari boshlanadi. Buning ortida insulin balandligi yotadi. Un va non ham shularning sirasiga kiradi.
Robiya JO‘RAQULOVA tarjima qildi.
Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.
Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati