Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Uch oyatda o‘n mo‘jiza

06.06.2018   11395   2 min.
Uch oyatda o‘n mo‘jiza

Ma’lumki, Qur’oni karimdagi eng ixcham suralardan biri “Kavsar” surasidir. Bu sura atigi uch oyatdan iboratdir. Lekin, Alloh ta’olo O‘zining qudratini, eng kichik surasining birida “o‘n” raqamiga bog‘liq qilib o‘nta mo‘jiza ko‘rsatganligi insonni hayratga solmay iloji yo‘q. Bu raqamlardagi sonlar bir dona ko‘p yoki bir dona kam bo‘lmay, ayni o‘nta ekanligini ko‘rib, beixtiyor “Subhanalloh” deb yuborasan kishi. Chunki bunday mo‘jiza faqat olamlarning Robbisi tomonidan bo‘lishi mumkin xolos. To‘g‘ri, bu mo‘jizalarning hammasi arab alifbosidagina ko‘rinadi. Zero, Allohning kalomining mo‘jazligi, nozil bo‘lgan tilidagina namoyon bo‘ladi. Keling, ularni bir-bir sanab chiqamiz: 

1. Suraning kalima (so‘z)lari soni o‘ntadir.
2. Suraning avvalgi oyatida hijo harflarinig o‘ntasi qo‘llangan.
3. Suraning ikkinchi oyati ham, o‘nta hijo harflaridan tashkil topgan.
4. So‘nggi oyatda ham o‘nta hijo harflari mavjud.
5. Surada eng ko‘p takrorlangan harf “alif” bo‘lib u ham o‘ntadir.
6. Surada faqat bir marta kelgan harflarning soni o‘ntadir.
7. Surada “harfi muqattaot”lardan bo‘lmagan harflar o‘n marta takrorlangan.
8. Suraning barcha oyatlari “ro” harfi bilan tugagan. “Ro” harfi esa harfi hijoiyalarning o‘ninchi tartibida turadi.
9. Qur’oni karimda oyatlari “ro” harfi bilan tugaydigan suralarning soni o‘nta bo‘lib, Kavsar surasi o‘ninchi o‘rinda turadi.
10. Suraning so‘nggi oyatida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga “Qurbonlik qiling” deb buyurilgan. Bu qurbonlikni so‘yish amali zulhijja oyining o‘ninchisidan boshlanadi.

Yuqoridagi muborak suraning o‘zbek tilidagi ma’nolariga bir nazar tashlasak, foydadan xoli bo‘lmas.

Kavsar surasi

Mehribon va rahimli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. (Ey Muhammad)! Biz sizga Kavsarni ato etdik.
2. Bas, Robbingizga namoz o‘qing va qurbonlik qiling.
3. Albatta Sizni ayblovchining o‘zi mahrumdir.

Suraning o‘qilishi va yod olishning osonligi, har bir oyatning vaznlari va “qofiya”larining bir-biriga o‘ta mutanosibligi, Alloh ta’oloning O‘zi ham, so‘zi ham naqadar buyuk ekanligiga dalolat qiladi.

 

 

Manbalar asosida

Quvasoy shahar “Islom” masjidi imom-noibi

Olimjon ABIDJONOV

tayyorladi

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Diniy bag‘rikenglik" nishoni o‘z egalariga topshirildi

16.11.2026   617   1 min.

Bugun "16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan yurtimizda millatlararo do‘stlik va diniy totuvlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh soha vakillariga «Diniy bag‘rikenglik» ko‘krak nishoni topshirildi.

Tantanali marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov fidoyi yurtdoshlarimizga ushbu yuksak mukofotlarni topshirib, ularning kelgusi faoliyatiga zafarlar tiladi.

Quvonarlisi, e’tirofga sazovor bo‘lganlar safida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimida samarali mehnat qilayotgan Akbarshoh Rasulov, Ne’mat Musayev, Hikmatilla Toshtemirov, O‘tkirbek Sobirov, Damin Jumaqulov, Tohir Qurbonov, Doniyor Ikramov, Munira Abubakirova, hamda Tursunoy Dehqonova kabi zahmatkash insonlar bor.

Tadbirda so‘zga chiqqan notiqlar mazkur mukofotning ta’sis etilishi Davlatimiz rahbari tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va ma’naviy muhit barqarorligini saqlash yo‘lidagi ezgu islohotlarning yaqqol namunasi ekanini alohida ta’kidladilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari