Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

“Ziyo” va “Nur” orasidagi farq

04.06.2018   10227   2 min.
“Ziyo” va “Nur” orasidagi farq

Qur’oni Karim nozil bo‘lgan paytda odamlar Oyning nuri bilan Quyoshning nurini ajrata olmas edilar. Yorug‘lik va issiqlikni Quyosh taratishini, Oy esa Quyoshning ziyosini aks ettiradigan sovuq jism ekanligini anglamasdilar.

Qur’oni Karim Oyni “nur” deb, Quyoshni “ziyo” deb vasf qildi. Darhaqiqat, bugungi zamonaviy ilmning aytishicha, Quyosh lovullab turgan yadro pechkasi bo‘lib, uning ichida birikish reaksiyalari sodir bo‘lib, vodorod moddasi geliyga aylanadi, buning natijasida har soniyada fazoga hayratlanarli darajada ko‘p miqdorda energiya tarqatar, Yerga esa bu energiyaning ozgina miqdori yetib kelar, ushbu yetib kelgan oz miqdordagi energiya Yerdagi hayotning davom etishi uchun yetarli hisoblanar ekan.

Ushbu Quyosh energiyasi Oyga ham yetib boradi. Ana shu paytda Oy Yerda nurli bo‘lib ko‘rinadi. Nur – haroratsiz yorug‘lik bo‘lib, bizga Oy sirtidan yetib keladi. Aslida esa o‘sha nur Oyning o‘ziniki bo‘lmay, balki, Quyoshdan kelgan energiyaning Oy orqali Yerga aks etishidir. Bunda Oy faqat ko‘zgu vazifasini o‘tab beradi.

Qur’oni Karim bundan o‘n to‘rt asr oldin bu haqida ochiq-oydin gapirgan:

هُوَ الَّذِي جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَاء وَالْقَمَرَ نُوراً وَقَدَّرَهُ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُواْ عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ مَا خَلَقَ اللّهُ ذَلِكَ إِلاَّ بِالْحَقِّ يُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ

“U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini o‘lchovli qilgan zotdir. Alloh o‘shani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladi”. (Inson hayoti davomida doimiy his etib turadigan mavjudotlardan biri quyosh, yana bittasi oydir. Lekin inson ularning mavjudiyatiga o‘rganib qolganidan ko‘p ham e’tibor bermaydi.) (Yunus surasi, 5-oyat).

Subhanalloh!

Insoniyat ilm va texnologiya orqali yaqin yillar ichida o‘rgangan haqiqatlarning bundan o‘n to‘rt asr oldin, bu haqiqatlar haqida o‘ylash bashariyatning xayoliga kelmagan bir paytda Qur’onda baralla aytilishi – Qur’on Allohning Kalomi, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning oxirgi Rasuli ekanliklariga dalolat qiladi!

 

 

www.kaheel7.com saytidan

Nozimjon Iminjonov tarjimasi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Diniy bag‘rikenglik" nishoni o‘z egalariga topshirildi

16.11.2026   622   1 min.

Bugun "16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan yurtimizda millatlararo do‘stlik va diniy totuvlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh soha vakillariga «Diniy bag‘rikenglik» ko‘krak nishoni topshirildi.

Tantanali marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov fidoyi yurtdoshlarimizga ushbu yuksak mukofotlarni topshirib, ularning kelgusi faoliyatiga zafarlar tiladi.

Quvonarlisi, e’tirofga sazovor bo‘lganlar safida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimida samarali mehnat qilayotgan Akbarshoh Rasulov, Ne’mat Musayev, Hikmatilla Toshtemirov, O‘tkirbek Sobirov, Damin Jumaqulov, Tohir Qurbonov, Doniyor Ikramov, Munira Abubakirova, hamda Tursunoy Dehqonova kabi zahmatkash insonlar bor.

Tadbirda so‘zga chiqqan notiqlar mazkur mukofotning ta’sis etilishi Davlatimiz rahbari tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va ma’naviy muhit barqarorligini saqlash yo‘lidagi ezgu islohotlarning yaqqol namunasi ekanini alohida ta’kidladilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari