Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyun, 2026   |   10 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
25 Iyun, 2026, 10 Muharram, 1448

Ramazon (she’r)

02.06.2018   64224   21 min.
Ramazon (she’r)

Yaxshi kelding, ey sharofatli aziz mehmonimiz,

Intizor erdi yo‘lingda diydai giryonimiz,

 

Ey ko‘ngillar istagi, mahbubimiz, jononimiz,

O‘rtanur shavqing bila bu siynai so‘zonimiz,

Tiyra kulbamiz yorutding, ey mahi tobonimiz.

 

Jilvalar aylab saodat burjida, ey navnihol,

Yuz ochib, qilding namoyon nozaninlardek jamol,

Barqaror o‘lg‘il kamolot avjida ko‘rmay zavol,

Xush kelibsan, ketmag‘il, to umrimiz boricha qol,

Kechsin emdi sen bila qolgan hayoti fonimiz.

 

Dilhazinlarni quduming shodu xandon ayladi,

Kechamizni partavi mohing charog‘on ayladi,

Har sahar subhing nasimi anjumafshon[i] ayladi,

Sen tufayli Tangri ne’matlar farovon ayladi,

Hayri barkat kelganing mohi sharif ramadonimiz.

 

Qaysi bir madhing raqam qilgay sening, ey yaxshi zot,

Ulki mo‘min bahravar sendin hayotu ham mamot,

Ey karambaxshu saxolik, boisi xayru zakot,

Topg‘usi bechoralar sen birla tanglikdin najot,

Xayri maqdam, ey fazilatli mahi g‘ufronimiz.

 

Ta’rixi hijratga o‘tgach ikki yil ul biru bor,

Bandalarga ro‘za tutmoq amrin etdi oshkor,

Ehtirom ila tuting odobini, ey ro‘zador,

Koni xislat, xosiyatbaxshu mahi rahmatnisor,

Bir ulug‘ ne’matki, bizga tuhfai rahmonimiz.

 

Assalom, ey mohi oliy, xush kelibsan, marhabo,

Ey g‘ubori xoki poying diydalarga to‘tiyo,

Qilmadik shoyista amring, tutmadik sharting bajo,

Bo‘lg‘umiz afv etmasang, sharmandai yavmil-jazo,

Ul kuni so‘rganda bizdin adl ila sultonimiz.

 

Haq taolo bizga ko‘p lutfu inoyat ayladi,

Sen kabi bir mohi rahmatni karomat ayladi,

Xolisanlilloh agar kim senga xizmat ayladi,

Oni Tangrim loyiqi diydoru jannat ayladi,

Illati jurmu gunahlar dardiga darmonimiz.


 

 

Jumla oylardin fazilatli, muborak nomsan,

Benavolarga saxovatli ulug‘ ayyomsan,

Soim[ii] ahlini ziyofat qilg‘uchi har shom san,

Rahmatidin Jabraildek qosidi payg‘omsan,

Xayrxohu jurmpo‘shu[iii] pardai nuqsonimiz.

 

Mushkbo‘yi fayzi subhingdin muattardur dimog‘,

Ro‘shnoyi laylatil-qadringda yulduzlar chirog‘,

G‘aflat ahli uyquda bebahra, kunduz kun sinog‘,

Yaxshilar bedor o‘lib, tunlar farog‘atdin yirog‘,

Aylashib xatmu tilovat hofizi qur’onimiz.

 

Ey mahi ashraf[iv], fazilat senda behad bordur,

Ham savobing behisobu hikmating bisyordur,

Susti hozim[v], za’fi me’da birla kim bemordur,

Hikmating bu dardu illatga shifo izhordur,

Har marizu[vi] har tani bemora sen Luqmonimiz.

 

Bizni, yo Rab, yaxshilarning zumrasiga qil vusul,

Jurmimizni mag‘firat qil, ayla rahmatga duxul,

Aybu nuqson birla tutgan ro‘zamizni qil qabul,

Bu Suhayliy osiyning sendin mudom ummidi shul,

Vaqti rihlatda salomat aylagil iymonimiz.



[i] anjumafshon — yulduz sochuvchi, nur sochuvchi

[ii] soim  –  ro‘zador

[iii] jurmpo‘sh  –  ayblarni yopguvchi

[iv] ashraf  –  eng ulug‘

[v] susti hozim  – hazm tizimining buzilishi

[vi] mariz  – kasal

 

Dadaxon qori Suhayliy

 

 

Ramazon-2018
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Umer musulmanskiy kosmonavt, dostavivshiy Koran v kosmos

24.06.2026   4334   2 min.
Umer musulmanskiy kosmonavt, dostavivshiy Koran v kosmos

Abdul Axad Momand, perviy afganskiy musulmanin, vzyavshiy kopiyu Korana v kosmos, skonchalsya v Germanii posle borbi s rakom.
Po soobsheniyu IQNA so ssilkoy na "Tawasul" Moxmand poluchil osobiy istoricheskiy status, vzyav s soboy kopiyu Korana vo vremya svoyey missii 1988 goda na sovetskuyu kosmicheskuyu stansiyu «Mir». On chital ayati iz Korana v kosmose, chto privleklo shirokoye vnimaniye v to vremya.
Vo vremya toy je missii on pozvonil materi so stansii, sdelav pushtu chetvyortim yazikom, na kotorom govoryat v kosmose. Abd al-Axad bil 29-letnim, kogda uchastvoval v etoy istoricheskoy missii.
Kto takoy Abdul Axad Momand?
Abdul Axad Momand rodilsya v 1959 godu v derevne Sardi provinsii Gazni. On poluchil nachalnoye obrazovaniye v rodnom gorode, a zatem pereyexal v Kabul, stolitsu Afganistana, chtobi prodoljit obrazovaniye.
Posle postupleniya v Politexnicheskiy institut v stolitse on otpravilsya v bivshiy Sovetskiy Soyuz, gde proshyol spetsializirovannuyu aviatsionnuyu podgotovku.
Posle vozvrasheniya v Afganistan on slujil pilotom VVS na aviabaze Bagram s 1981 po 1984 god. Zatem on prodoljil vissheye obrazovaniye v Kiyevskom institute aviatsionnix injenerov. V etot period, buduchi chlenom gruppi afganskix pilotov, on uspeshno proshyol kvalifikatsionnie ispitaniya na kosmicheskiy polyot.
29 avgusta 1988 goda on poletel na kosmicheskuyu stansiyu «Mir» i vernulsya na Zemlyu 7 sentyabrya togo je goda. Xotya missiya doljna bila dlitsya vosem dney, yeyo prodlili yeshyo na odin den iz-za texnicheskogo sboya, kotoriy bil uspeshno ispravlen.
Vernuvshis iz kosmosa, Momand prodoljil nauchnuyu i professionalnuyu deyatelnost; On uchilsya v Moskve, rabotal v Akademii nauk Afganistana, zanimal doljnost zamestitelya ministra aviatsii i turizma po texnicheskim voprosam.
Posle nachala grajdanskoy voyni v Afganistane v 1992 godu etot astronavt vmeste s semey pokinul etu stranu i perebralsya v Germaniyu i poselilsya v Shtutgarte. Tam, pomimo deyatelnosti v chastnom sektore, on rabotal v Sentre kosmicheskix issledovaniy Shtutgartskogo universiteta.
S tex por Momand jil v Germanii s jenoy i tremya detmi i ostavil posle sebya nauchnoye i istoricheskoye naslediye, kotoroye sdelalo yego odnim iz samix vidayushixsya afganskix deyateley v oblasti osvoyeniya kosmosa.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari