Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Aprel, 2026   |   27 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:19
Quyosh
05:42
Peshin
12:28
Asr
17:06
Shom
19:08
Xufton
20:25
Bismillah
16 Aprel, 2026, 27 Shavvol, 1447

Har tuning “Qadr” o‘libon....

04.06.2018   1655   3 min.
Har tuning “Qadr” o‘libon....

“Qadr” qadri ulug‘, fazilati buyuk qilingan kechadir. Alloh taolo marhamat qiladi: Albatta, Biz uni (Qur’onni «Lavhul-mahfuz»dan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik. (Ey, Muhammad!)QadrkechasinimaekaniniSizga ne hamanglatur?!Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.U (kecha) to tongotgunichasalomatlikdir” (Qadr, 1–5).

Bu kechada Qur’oni karim «Lavhul-mahfuz»dan birinchi osmonga tushirildi, Jabroil (alayhissalom) boshchiligida farishtalar yerga tushiriladi, bandalarning bir yillik qadarlari – taqdirlari belgilanadi. Shu sababli ham mo‘min-musulmonlar bu kechani toat ibodat bilan o‘tkazishlari lozim. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda Nabiy (alayhissalom): “Kim Laylatul Qadrni imon va ixlos bilan qoim bo‘lib o‘tkazsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur”, dedilar (Imom Buxoriy, imom Muslim va imom Termiziy rivoyati).

Islom ulamolar kechani qoyim o‘tkazishning qanday bo‘lishi borasida batafsil to‘xtalib o‘tganlar. Bu kechada xufton va bomdod namozini jamoat bilan o‘qish, kechaning qolgan qismida esa nafl namozi o‘qish, Qur’oni karim tilovati bilan band bo‘lish lozim.

Agar bu amallar imon va ixlos bilan ado etilsa, gunohlar mag‘firat etilishi va’da qilinmoqda hadisi sharifda.

Bu kechada qilinadigan ibodatlarning ajri ming oy qilinadigan ibodatlarga teng ekani hadislarda keltiriladi. Bu ham ummati Muhammadga Alloh taoloning bir in’omi, marhamatidir.

Qadrning Ramazon oyining qaysi kechasida ekani haqida juda ko‘plab rivoyatlar keltirilgan. Oisha (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirar edilar va “Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘nligidan izlanglar” deb edilar (Imom Termiziy rivoyati).

Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan sahih hadisda esa bunday deyiladi: Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n (kechasi)da izlanglar: to‘qqiz kecha qolganda, yetti kecha qolganda va besh kecha qolganda”, dedilar.

Imom Abu Dovud va Imom Ahad qilgan rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Laylatul Qadr  yigirma yettinchi kechadadir”.

Ulamolarning ittifoqiga ko‘ra esa Ramazonning oxirgi un kunligining  toq kechalarining bavrchasini bedorlikda o‘tkazish fazilatli amal sanaladi. Bu kechalarda qilingan ibodatlarga ulkan ajrlar beriladi, inshoalloh!

Aslida esa ushbu muborak oyning har bir kechasini muborak bilish yanada fazilatliroqdir!

Alloh taolo barchamizgna qadr kechasining barokotidan to‘liq ulush olishni nasibi ro‘z aylasin!

Nigora MIRZAYEVA

Ramazon-2018
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro tumanida sayyor uchrashuv o‘tkazildi

15.04.2026   4447   1 min.
Buxoro tumanida sayyor uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov boshchiligida navbatdagi sayyor uchrashuv Buxoro tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda masjid imom-xatiblari, otinoyilar, mahalla domlalari, raislar va jamoat faollari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda diniy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish, aholi bilan samarali muloqot, yoshlarni sof e’tiqod va ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, imom-xatiblar va otinoyilar malakasini oshirishga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida “Sayyor qabul”ni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ishchi guruh tuzilib, vazifalar belgilab olindi.

https://www.naqshband.uz/yangiliklar/buxoro_tuman_150426

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Buxoro tumanida sayyor uchrashuv o‘tkazildi Buxoro tumanida sayyor uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari