Dubayda Oyga o'xshash ulkan inshoot barpo etilmoqda. Binoning balandligi 224 metr bo'lib, u bir vaqtning o'zida 2,5 million kishini sig'dira oladi.
Yuqori qavatlarda 300 ta xususiy turar joy va mehmonxona joylashadi. Qavatlar o'rtasida tez harakatlanish uchun yuqori tezlikda kosmik uslubdagi lift ishlatiladi. Osmono'par binoning asosiy xususiyati shundaki, har bir kishi o'zini kosmik sayyoh sifatida his qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bu loyihaning umumiy qiymati 5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.
O'MI Matbuot xizmati
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati