Aql charxi bo‘lgan shaxmat, shashka sport turi bilan muntazam shug‘ullanish kishi tafakkur doirasini kengaytiradi, tez qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantiradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida shaxmat o‘yinlarini o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Bugun poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imomlar, imom noiblari o‘rtasida shaxmat turnirining final bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etib, musobaqani kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Tabiiyki, har bir musobaqada g‘oliblar aniqlanadi. Bu bellashuvlarda ham g‘alaba kuchlilarga, tajribalilarga kulib boqdi.
Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosasiga ko‘ra:
1-o‘rin Sarvar domla Muhammadiyev (Sergeli tumani "Ma’ruf ota masjidi)ga;
2-o‘rin Komiljon domla Nuraliyev (Yashnobod tumani "Islom ota" masjidi)ga;
3-o‘rin Nurulloh domla Obidov (Yunusobod tumani "Oqtepa" masjidi)ga nasib etdi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchi va homiylarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
MuslimShosh.uz