Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

“Muslim TV” internet telekanali ish boshladi

29.05.2018   8518   1 min.
“Muslim TV” internet telekanali ish boshladi

Hurmatli muxlislar!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan muborak Ramazon oyida Siz azizlar uchun “Muslim TV” internet telekanali yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qiladi.

Muslim TV” internet telekanali internet tarmog‘ida katta auditoriyaga ega bo‘lgan “ITV.UZ” interaktiv televideniyesi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yildi. Endilikda siz “ITV.UZ”ga ulanish orqali “Muslim TV” internet telekanalini tomosha qilishingiz va internet tarmog‘idagi itv.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan holda ko‘rsatuvlarimizni tomosha qilishingiz mumkin.

Mobil qurilmalar uchun esa itv.uz mobil ilovasini ko‘chirib olgan holda telekanalimizni kuzatish mumkin bo‘ladi.

Ushbu internet telekanal barchamiz uchun manfaatli bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolamiz!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Onaga muhabbat — ibodat, xotinga muhabbat — saodat

16.01.2025   4570   2 min.
Onaga muhabbat — ibodat, xotinga muhabbat — saodat

Doktor Mustafo Mahmud aytadilar:

"Bir kuni bir ona menga shikoyat qilib bunday dedi:
— O‘g‘limning xotiniga bo‘lgan muhabbati menga bo‘lgan muhabbatidan kuchliroq.
Men undan so‘radim:
— Pomidor yaxshimi yoki apelsin?
U ajablangancha menga qarab:
— Bunday solishtirish noto‘g‘ri, chunki pomidor sabzavot, apelsin esa mevalardan, — dedi.
Men unga shunday javob berdim:
— Muhabbat ham huddi shunday, uning ham turlari ko‘p va bir turini boshqa biri bilan solishtirish to‘g‘ri emas.
Ona mendan tushuntirishimni so‘radi.
Men davom etdim:
— Siz — onasiz, siz o‘g‘lingiz uchun yerdagi jannatsiz, o‘g‘lingiz esa qalbingizning bir bo‘lagi. Uning sizga bo‘lgan muhabbati ibodatdir. Xotini esa uning jufti, Alloh uni unga baxt uchun yaratgan, uning xotiniga bo‘lgan muhabbati esa, saodatdir.
Shuning uchun o‘g‘lingizga ibodatda yordamchi bo‘ling va uning baxti uchun ayoliga bo‘lgan muhabbatini qo‘llang. Uning sizga bo‘lgan muhabbatini boshqa muhabbat bilan solishtirib, uning qadrini tushirmang. O‘g‘lingizni erkin qo‘ying, shunda uning qalbi sizni o‘z ixtiyori bilan qayta topadi va jannatni siz orqali izlaydi.
Shunda ona boshini silkitib gapimni tasdiqladi va yuzini rozilik nurli yoritdi. U ketar ekan, takrorlar edi:
— Uning menga bo‘lgan muhabbati ibodat, xotiniga bo‘lgan muhabbati esa saodat. Men unga ibodatini mukammal qilishida yordam berishim va xotini bilan baxtli bo‘lishiga qo‘yib berishim kerak.

Azizim ona...
Bu suhbatimizni xotirangizda saqlang. O‘g‘lingiz turmush qurganida shu so‘zlarni eslang va uning xotini bilan baxtli yashashiga qo‘yib bering. Uning sizga bo‘lgan muhabbati va itoati ila ibodati mukammal bo‘lishiga yordamchi bo‘ling. Bu gaplarni hecham unutmang: "Agar sizga itoat qilishini istasangiz, unga toqati yetadigan ishni buyuring".

Onaga bo‘lgan muhabbat — ibodat,
Xotinga bo‘lgan muhabbat — saodat.
Har ikki muhabbat ham qalbdan chiqadi, ammo turli xil va ularni bir-biri bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Shunday ekan, ibodatingizni go‘zal ado eting va baxtli bo‘ling".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV