Avvalroq, mamlakatimizda muqaddas Ramazon oyining joriy yil 17 maydan boshlanishi haqida ma’lum qilingan edi.
Kecha, 15 kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari oyning harakatini kuzatgan holda 1439 hijriy Sha’bon oyi 30 kun bo‘lishini hamda Ramazon oyining dastlabki kuni 17 may sanasiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildilar. Bu haqda "saudigazette" nashri xabar berdi.
Malayziya, Indoneziya, Singapur, Brunay, Avstraliya va Oman davlatlarida 17 may, payshanba kuni ramazonning birinchi kuni deb e’lon qilindi.
Alloh taolo yurtimizga ushbu muborak oyni barakotli qilsin!
O‘MI Matbuot xizmati
Madina mintaqasidagi Al-Mahd ma’muriy tuman (muhofaza)da olib borilgan yirik arxeologik tadqiqotlar davomida ilk Islom davriga oid, ikkinchi xalifa Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu nomi bitilgan qoyatosh topildi.
Bu haqda Saudiya Arabistoni Madaniy meros komissiyasi ma’lum qildi.
Toshga quyidagi duo so‘zlari o‘yib yozilgan:
الله ولي عمر بن الخطاب في الدنيا والآخرة لا إله إلا الله
“Alloh Umar ibn al-Xattobning bu dunyo va oxiratdagi do‘stidir (himoyachisi). Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir”.
Matn qadimiy hijoziy xatida yozilgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu yozuv xalifaning ushbu hududga shaxsan tashrif buyurganini anglatmaydi. Ammo u islomning ilk o‘n yilliklarida diniy ramzlar va rahbarlar nomlari savdo hamda ziyorat yo‘llari orqali qanchalik tez tarqalganini isbotlovchi muhim dalildir.
Davron NURMUHAMMAD